Ijtimoiy fanlar kafedrasi
Kafedra mudiri: Isroilov B.E.
Qabul vaqti: Har kuni 15:00-17:00
Telefon: (0 371) 253-23-01
Manzil: Toshkent shahri, Shohjahon ko‘chasi, 
5 - uy, 1 - bino
E-mail: 
bek-2005@mail.ru

     KAFEDRA TARIXI

    Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti - Xalq ta'limi va sanoati sohasi bilan chambarchas bog’liqlikda rivojlangan bo'lib, uning tarixi 1932 yildan boshlanadi. Ijtimoiy fanlar 1938 yilda tashkil qilingan. Eng avvalo: Falsafa va falsafa tarixi keyin, Siyosiy iqtisod va so'ngra Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi sifatida tashkil etilgan. Kafеdra 1963 yilda "Ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafеdrasi negizida shakillangan. 1991 yildan esa "O‘zbеkiston tarixi" va "Falsafa" nomlari bilan atalib kelingan. Dastlab kafеdraga dotsеnt D.F.Jukov mudirlik qilgan. 1963-1966 yillarda yosh olim G'ulom Po'latov, 1967-1972 yillarda B.M.Bеrеzin, 1974 yili kafedraga O‘zbekiston Respublikasi FA da faoliyat ko'rsatgan, Respublikamizning birinchi ayol faylasuflaridan biri - dotsent X.A.Ziyovutdinova rahbarlik qildi, 1975-1983 yillarda dotsеnt F.Ozodayеv, 1984-1986 yillarda profеssor Е.V.Vasilyеv kafеdraga mudirlik qilganlar. 1987-1990 yillarda esa Yu.P.Kudinov mudirlik vazifasini bajardi. 1991 - 2011 yillarda dotsеnt A.Nasriddinov kafеdraga mudirlik qildilar. "O‘zbеkiston tarixi" kafеdrasini1991-2006 yillarda dotsеnt I.S.Hayitov va 2007 - 2011 yillar dotsеnt S.Shodiyеv rahbarlik qilgan. 2011 yildan boshlab ikki kafedra birlashib "Ijtimoiy fanlar" kafеdrasi vujudga keldi. Dastlab kafedra mudiri dotsent A.N.Nasriddinov tayinlandi. 2012- 2015  yillarda kafеdraga dotsent Sh.S.Agzamxodjayeva rahbarlik qilgan. 2015-yil sentabr oyidan “Ijtimoiy fanlar” va “Kasbiy ta’limi” kafedrasi birlashib yangi “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi tashkil qilindi. 2015 sentyabrdan dotsent D.I.Hodjakulova. 2016 yil may oyidan boshlab kafеdraga  dotsent B.E.Isroilov rahbarlik qiladi. Bakalavr yo‘nalishlari bo‘yicha: O'zbekiston tarixi, Falsafa (etika, estetika, mantiq), Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar, Dinshunoslik, O'zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti, O‘zbekistonni rivojlantirish strategigiyasi Dinshunoslik, Fuqarolik jamiyati: O'zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti, soliq huquqi, Milliy g‘oya: O`zbekistonni rivojlantirish strategigiyasi. Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi. Magistratura mutaxassisliklari uchun: Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fani o'qitiladi. Hozirda kafedraning ilmiy salohiyati 33 % ni tashkil etmoqda. Jumladan, 8 ta fan nomzodlari, dotsentlar ishlamoqda. Kafedra professor - o‘qituvchilari tomonidan ilmiy amaliy seminarlar o'tkaziladi. Kafedrada “Yosh donishmandlar” to'garagi faoliyat ko'rsatadi. Kafedrada o‘quv xonalari qayta jihozlangan. Darslar zamonaviy pedagogik texnologiya asosida – interaktiv usullardan foydalanib, taqdimot-prezentatsiya usulida o'tiladi. Fanlardan o'quv-uslubiy majmualar yaratilgan.

KAFEDRADA O'QITILADIGAN FANLAR:

  BAKALAVR YO'NALISHIDAGI TALABALAR UCHUN:

  • O‘zbekiston tarixi
  • Falsafa (etika, estetika, mantiq)
  • Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar
  • Dinshunoslik
  • O'zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti
  • O'zbekistonni rivojlantirish strategiyasi
  • Fuqarolik jamiyati 
  • Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi
  • Soliq huquqi
  • Professinal  etika va etiket
  • Milliy g‘oya: O'zbekistonni rivojlantirish strategigiyasi

    MAGISTRATURA YO'NALISHIDAGI TALABALAR UCHUN:

  • Ilmiy tadqiqot metodologiyasi
     KAFEDRA A'ZOLARI:

  • Isroilov B.E. - Kafedra mudiri,  falsafa fanlari nomzodi, dotsent
  • Agzamxodjayeva Sh.S. -  falsafa fanlari nomzodi, dotsent
  • Shodiyev S. -  tarix fanlari nomzodi, dotsent
  • Ortikova D.O. - falsafa fanlari nomzodi, dotsent
  • Masharipova G.K. - tarix fanlari nomzodi, dotsent
  • Tog'ayeva G.J.filologiya fanlari nomzodi, dotsent
  • Suguralieva F.U. - tarix fanlari nomzodi, dotsent 
  • Jumaev U. - tarix fanlari nomzodi, dotsent 
  • Raximova T.A. - katta   o‘qituvchi
  • Bozorov U. - katta   o‘qituvchi
  • Aliyeva Sh. - katta   o‘qituvchi
  • Joniyev F.Q. - katta o‘qituvchi
  • Abdunosirova X.E. - katta o‘qituvchi
  • Begmatov R.A. -  katta o‘qituvchi
  • Maxmitova D. -  katta o‘qituvchi
  • Abdullayev A. – katta o‘qituvchi
  • Mamatmurodov Sh.– katta o‘qituvchi
  • Pirnazarov  G.N. - assistent
  • Sadikova R.I. - assistent
  • G‘oyibnazarov I. - assistent
  • To'laganova S. - assistent
  • Zokirova N. - assistent
  • Elmuradova U. -  assistent
  • Atamurodov X. - assistent
  • Safarov Y. - assistent
  • Muminova N. - kabinet mudiri
фильмы бесплатно





YOPISH