Avazov Komil Raxmatovich

   Innovatsiya integratsiya ilmiy tadqiqotlar markazi direktori

   Telefon: 0-371-253-61-05
   Faks:       0-371-253-61-05
   Elektron pochta: ttesi_atm@edu.uz

   Qabul kunlari: Har kuni soat 9-00dan 17-00gacha
  • Bo'lim haqida

  • Faoliyat

Zamonaviy ilm-fan va texnologiyalarning eng muhim muammolarini hal qilish, olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlar natijalarini iqtisodiyotning tegishli sohalarida tatbiq qilinishini ta’minlash, fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada mustahkamlash, fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish, kadrlar tayyorlash tizimida ilm-fanning uzviyligini qaror toptirish institut professor-o‘qituvchilari oldida turgan muhim vazifadir. Institut olimlari tomonidan paxta, to’qimachilik, yengil, matbaa va qog’oz sanoatlarining texnika va texnologiyalarini takomillashtirishga, tabiiy va boshqa tola, iplar aralashmasidan raqobatbardosh mahsulotlar assortimentlarini yaratish hamda amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha yirik ilmiy mavzularda tadqiqotlar va izlanishlar olib borilmoqda, pirovardida ularning natijalari anjumanlar, seminarlar va ko’rgazmalarda namoyish etilmoqda. 2017-2019 yillar mobaynida institutimiz professor - o’qituvchilari tomonidan 35 ta monografiya, 1200 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar chop etildi. Shulardan 364 tadan ortig’i xorijdagi nufuzli jurnal va ilmiy to’plamlarida nashr etildi. Shuningdek, ilmiy ixtirolar uchun professor-o’qituvchilari tomonidan О‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligiga 114 ta talabnomalar topshirilib 60 ta patent olindi: shulardan 25 tasi ixtiro, 27 tasi foydali model va 8 ta EHM dasturi bilan himoyalangan.


Ilmiy salohiyat
Hozirgi kunda institutda 22 ta kafedra mavjud bo‘lib, ularda 369 nafar professor-o‘qituvchilar, jumladan, 1 nafar O‘zR FA akademiklari, 29 nafar fan doktorlari, 112 nafar esa fan nomzodlari faoliyat yuritmoqdalar.
Ustuvor yo’nalishlar
Respublikamizda ilmiy-texnikaviy salohiyatni oshirish uchun xizmat qilayotgan institutimiz olimlari iqtisodiyotning quyidagi ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib bormoqdalar:
• mahalliy xom-ashyo resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlovchi import o‘rnini bosuvchi va eksportbop to‘qimachilik mahsulotlari (yigirilgan ip, to‘qima, trikotaj, noto‘qima matolar, gazlamalar) ning ilmiy hajmdor texnologiyalarini yaratish;
• sof, aralash va ikkilamchi resurslar hamda boshqa tolali xom ashyolarni qayta ishlashning yuqori samarali usullarini ishlab chiqish;
• yengil sanoat uchun tannarxni kamaytirishga yo’naltirilgan energiya va resurs tejamkor, ekologik xavfsiz chiqindisiz texnologiyalarini yaratish.
• to’qimachilik matolari va yengil sanoat mahsulotlarida milliylik va zamonaviylikka yo’naltirilgan dizayn loyihalarini takomillashtirish va rivojlantirish;
• paxtani dastlabki ishlash, to‘qimachilik, yengil va matbaa sohalaridagi yangi texnologiyalarni amalga oshirish uchun mashina jihozlarini yaratish va takomillashtirish;
• paxtani tozalash, to‘qimachilik, yengil va matbaa sohalaridagi avtomatlashtirish va boshqarish tizimlarini mexatronika asoslarini qo‘llab shakllantirish;
• texnogen va tabiiy to‘qimachilik xom ashyolaridan turli funktsional maqsadlarda ishlatiladigan nanotuzilmali va kompozit material hamda mahsulotlarni olish;
• tabiiy, kimyoviy, aralash tolali matolarni pardozlash ishlatiladigan tabiiy va sintetik tabiatli bo‘yovchi moddalar olish, to‘qimachilik materiallarini kimyoviy pardozlashning samarali texnologiyalarini yaratish;
• yangi tarkib va tuzilishidgi resurs tejamkor to’qimachilik va matbaa mahsulotlari, poyabzal va charm-attorlik buyumlarining assortimentlarini kengaytiradigan texnologiyalarni yaratish;
• paxta tozalash, to’qimachilik, yengil va matbaa sohalarining texnologiyalari va tayyor mahsulotlari sifatini nazorat qilish;
• to’qimachilik sanoatida fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi jarayonida innovatsion korporativ hamkorlik faoliyatini rivojlantirishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish.
Ilmiy loyihalar
Institutda olib borilayotgan ilmiy loyihalar to‘qimachilik, yengil sanoat va matbaa ishlab chiqarish korxonalarida mavjud muammolarni hal qilish bilan birga mamlakatimiz ilm-fanning ustuvor yo‘nalishlariga mos bo‘lgan ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishga qaratilgan.2019 yilda davlat ilmiy-texnik dasturlar doirasida institutda 9 ta fundamental, 17 ta amaliy, 4 ta yoshlar amaliy va 9 ta innovatsion loyihalar hamda 11 ta xo’jalik shartnomalari bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlari bajarildi.

YOPISH