O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, «Ta'lim to'g'risida»gi, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» Qonunlarini hayotga tadbiq etish, yosh avlodni jismoniy va ma'naviy jihatdan sog'lom etib tarbiyalash, ularga chuqur fundamental va ixtisosli bilimlar berish, Vatanimizning iqtisodiy va ma'naviy qudra-tini oshirishga munosib hissa qo'shadigan, O'zbekistonimizning paxta, to'qimachilik, engil, qog'oz va matbaa sanoat korxonalari uchun yuqori malakali bakalavr va magistrlar tayyorlash Toshkent to'qimachilik va engil sanoat instituti jamoasining bosh va asosiy vazifasi hisoblanadi.
   Institut 1932 yilda paxtani dastlabki ishlash, yigirish, to'quv-chilik va ipak texnologiyasi kafedralari faoliyatlari bilan tashkil etilgan bo'lib, bugungi kunda uning tarkibida 4 ta fakulьtet, 22 ta kafedralar faoliyat ko'rsatmoqda. 13 ta ta'lim yo'nalishlari bo'yicha bakalavrlar, 15 ta mutaxassisliklar bo'yicha magistrlar tayyorlamoqda.
Institut o'zining 85 yillik faoliyati davomida 56000 dan ziyod yuqori malakali mutaxassislar, shu jumladan 800 nafar xorijiy mamlakatlarga oliy ma'lumotli kadrlar tayyorlab berdi.
   Hozirgi kunda institutda 3850 nafar talabalar tahsil olmoqdalar. Ularga institutning 370 nafar professor-o'qituvchilari, shu jumladan, 26 nafar fan doktorlari, 140 nafar fan nomzodlari, dosentlar samarali ta'lim bermoqdalar va bir vaqtning o'zida ular 25 ta dolzarb mavzular bo'yicha keng qamrovli ilmiy ishlarni olib borishmoqdalar va natija-larini ishlab chiqarishga, o'quv jarayoniga tadbiq etmoqdalar.
Institutda ko'p bosqichli uzluksiz ta'lim tizimi to'liq shakl-lanmoqda. Institut qoshida 1998 yildan Respublikada birinchilar qatori tashkil etilgan    Akademik lisey faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Institut o'z yo'nalishlariga mos Respublikadagi 50 tadan ortiq kasb-hunar kollejlariga standartlar, o'quv dasturlari, darslik, o'quv-uslubiy majmualarini yaratishda yaqindan yordam berib kelmoqda.
   Institutda kasb-hunarga o'rgatish va test sinovlariga tayyorlash markazi, ishlab chiqarish mutaxassislarini, kasb-hunar kollejlari o'qituvchilarini, oliy o'quv yurtlari professor-o'qituvchilarini malaka oshirish fakulьteti faoliyat ko'rsatmoqda.
Mustaqillik yillarida institutning xalqaro aloqalari mustah-kamlandi: institut Xalqaro To'qimachilik Akademiyasiga, Matbaachi oliy o'quv yurtlarining Xalqaro Assosiasiyasiga, Xalqaro ipak uyushma-siga a'zo bo'ldi. Institut xorijiy mamlakatlarning 20 dan ortiq turdosh oliy o'quv yurtlari bilan mustahkam aloqa o'rnatgan. 400 dan ziyod professor-o'qituvchilar va aspirantlar Germaniya, Angliya, Belьgiya, Braziliya, Amerika    Qo'shma Shtatlari, Yaponiya, Gresiya, Щveysariya, Щvesiya, Chexiya, Hindiston, Polьsha, Isroil mamlakatlarining o'quv markazlarida malakalarini oshirib keldilar.
   Mustaqillik yillarida institut jamoasi 8 mln. dollar miqdo-ridagi xorijiy investisiyalarni olishga erishdi. Jumladan, Yaponiya Hukumatining 4 mln. dollar miqdoridagi beg'araz yordami tufayli keltirilgan eng zamonaviy o'quv-laboratoriya jihozlari va uskunalari institutning moddiy-texnika bazasini yanada yangiladi. Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi mamlakatlarida yagona to'qimachilik mahsulotlari sertifikasiya markazi «CENTEXUZ» tuzildi va zamonaviy ravishda jihozlandi.
фильмы бесплатно





YOPISH