Ipak texnologiyasi kafedrasi

Kafedraning to`liq nomi: "Ipak texnologiyasi" kafedrasi
Tashkil topgan yili: 1932 y.
Manzil: Toshkent shahri, Shohjahon ko‘chasi, 5 uy, 2-bino
E-mail: ipak@titli.uz


        “IPAK TEXNOLOGIYASI” KAFEDRASI
Kafedra 1932 yili tashkil etilgan “Ipak texnologiyasi” kafedrasi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. “Ipak texnologiyasi”  kafedrasi 1932 yildan boshlab Respublikamiz va MDH davlatlari uchun ipak texnologiyasini mukammal egallagan muhandislar tayyorlab kelmoqda.  Kafedra mudiri t.f.d. dotsent J.A.Axmedov
Kafedrada 3 nafar texnika fanlari doktori, 2 ta professor va 3 nafar texnika fanlari nomzodlari faoliyat yuritadi. «Ipak texnologiyasi» kafedrasi To‘qimachilik sanoati texnologiyasi fakulteti tarkibiga kirib 5320900–“Yengil sanoat buyumlarini konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi” (Ipak mahsulotlarini ishlab chiqarish) bakalavr yo‘nalishida va
5A320901–“To‘qimachilik xom ashyolarini qayta ishlash texnologiyasi” (Ipak  texnologiyasi) mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlaydi.
“IPAK TEXNOLOGIYASI” KAFEDASIDA O’QITILADIGAN FANLAR.
BAKALAVR YO’NALISHIDAGI TALABALAR UCHUN  MAGISTRATURA YO’NALISHIDAGI TALABALAR UCHUN
5320900 “Yengil sanoat buyumlari konstruktsiyasini ishlash va texnologiyasi” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha
• To‘qimachilik  mahsulotlari texnologiyasi va jihozlari
• Texnologik jarayonlarni loyihalash
• Tadqiqot uslub va vositalari
• Pillalarni quritish texnologiyasi
• Ipak ishlab chiqarish texnologiyasi
• Kasbiy mahorat va injenerlik ishini yuritish   5А320901 “To‘qimachilik xom ashyolarini qayta ishlash texnologiyasi” (Ipak texnologiyasi) mutaxasisligi bo‘yicha
• Ipak ishlab chiqa rish va qayta ishlash jarayonlarining nazariy asoslari
• Ipak ishlab chiqarish chiqindisiz texnologiyasi
• Kimyoviy va teksturlangan iplarni ishlab chiqarish texnologiyasi
• Ipak mahsulotlari fizik- kimyoviy va tarkibiy tuzilishi nazariy asoslari
• Ipak sifatini loyihalash va boshqarish asoslari


Diplom loyihasi va magistrlik dissertatsiyasi mavzulari dolzarb mavzular tanlanib ishlab chiqarishga tatbiq etilishiga katta e`tibor beriladi. Talabalar o‘quv amaliyoti soha korxonalari va zamonaviy qo‘shma korxonalarda tashkil etiladi.

KAFEDRA A`ZOLARI KAFEDRANING O’QUV VA LABORATORIYA BAZASI

1. J.A. Axmedov kafedra mudiri, t.f.d., dotsent
2. А.E. Gulamov t.f.d., professor Ilmiy va innovatsiya ishlari bo’yicha prorektor
3. K.R. Avazov   t.f.n., dotsent
TSF dekani
4. X.А. Аlimova t.f.d., professor
5. А.V. Korabelnikov t.f.n., dotsent
6. N.M.  Islambekova t.f.n., dotsent
7.  G.А. Yusupxodjaeva katta
o‘qituvchi
8. U.N. Аzamatov katta o‘qituvchi
9. А.P. Eshmirzaev assistent
10. X.X.Umurzakova assistent
11. М. Аbduraxmonova assistent
12. D.X.Zakirova assistent
13. G.A.Majidova kabinet mudiri
14. S.S. Haydarov  o‘quv ustasi
15. S.R. Raxmatov laborant
  Kafedra zamonaviy o‘quv ma`ruza xonalari, talabalarga amaliy darslar olib borish hamda ilmiy tadqiqot ishlarini o‘tkazish uchun ipak ishlab chiqarish va qayta ishlash korxonalarida qo`llaniladigan Yaponiyaning “NAKAGOSHI”, “MASUZAWA”, “KOKUBUN”, “HARADA” firmasining eng zamonaviy dastgohlari  bilan jihozlangan o‘quv laboratoriyasi, olingan natijalarni sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash uchun  sertifikatsiya markazi, ma`ruza va amaliy darslarini olib borish uchun еlektron doskalar bilan jihozlangan auditoriyalar mavjud.
Kafedrada bir qancha fanlar bo`yicha elektron darsliklar, ma`ruza matnlari, o`quv uslubiy majmualar, ipakni texnologik jarayonlari bo`yicha annimatsion modellar, vidiofilmlar ishlab chiqilgan.

“IPAK TEXNOLOGIYASI” KAFEDRASINING  INNOVATSION HAMKORLIK ALOQALARI.

“Ipak texnologiyasi” kafedrasi bir qator xorijiy oliy bilim dargohlari va soha korxonalari bilan hamkorlik ishlarini olib boradi. Xususan,
•    Gent universiteti To‘qimachilik Departamenti (Belgiya)
•    Piraeus amaliy fanlar universiteti (Gretsiya)
•    Ivanova Davlat To‘qimachilik Аkademiyasi (Rossiya)
•    Moskva To‘qimachilik Аkademiyasi (Rossiya)
•    Sankt-Peterburg To‘qimachilik Аkademiyasi (Rossiya)
•    Kostroma texnologiya universiteti (Rossiya)
•    Dortmund universiteti (Germaniya)
•    Janubiy Koreyaning "KITECH" instituti

  “Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishda jahon tajribasini o‘rganish va o‘quv jarayoniga tadbiq etish, ilmiy tekshirish ishlarini takomillashtirish maqsadida “Ipak texnologiyasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari xorijiy o‘quv markazlari, jamg‘armalari bilan xalqaro  hamkorlikni kengaytirish va horijiy sarmoyalarni jalb qilish borasida ko‘pgina ishlarni amalga oshirmoqdalar.
  Kafedrada “Nanotexnologiya asosida ipak tolalarini xususiyatlarini o‘zgartirish va ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish” hamda “Ipak ishlab chiqarishning chiqindisiz texnologiyasi” yo‘nalishlarida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot natijalari “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi ipakchilik va ipak yigiruv korxonalariga tadbiq qilinmoqda. Kafedra va sohaga tegishli bo‘lgan “Silver-Silk”Co, “Ravnaq-Silk” QK, Shaxrisabz “Kesh kumush tola”, “Buxoro Brilliant Silk” QK, “Singapur-Samarqand” va “Verigrov ipagi” chet el korxonalari bilan innovatsion korporativ hamkorlik shartnomalari tuzilgan. Kafedrada innovatsion hamkorlik bo‘yicha shakllar, soha korxonalar banki, bitiruv malakaviy ishlari, doktorlik dissertatsiyalari mavzularini shakllantirish va o‘quv – ishlab chiqarish amaliyotlarini o‘tish uchun mos ravishda bog‘lab har biri bo‘yicha mavzular banki yaratilgan. Kafedradan  va yuqoridagi korxonalardan  innovatsion ishchi guruh  vakillari bilan birgalikda faoliyat olib borilmoqda, ular bilan innovatsion koorporativ hamkorlik bo‘yicha ish rejasi tuzilgan bo‘lib, shu asosda ishlar olib borilmoqda. Kafedrada innovatsion hamkorlik bo‘yicha shakllar, soha korxonalar banki, bitiruv malakaviy ishlari, doktorlik dissertatsiyalari mavzularini shakllantirish va o‘quv – ishlab chiqarish amaliyotlarini o‘tish uchun mos ravishda bog‘lab har biri bo‘yicha mavzular banki yaratilgan.
фильмы бесплатно





YOPISH