Ibragimov Farxod Xayrullayevich

   Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish bo'limi boshlig’i

   Telefon: 98 313-30-75
   Faks:       98 313-30-75
   Elektron pochta: info@titli.uz

   Qabul kunlari: Dushanba-Payshanba
  • Bo'lim haqida

  • Xizmat vazifalari

Institutda iqtidorli yoshlarni aniqlash va maqsadli o‘qitish uchun «Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish bo‘limi» (keyingi o‘rinlarda bo‘lim deb yuritiladi) tashkil qilingan. «Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish bo‘limi» ning faoliyatini yanada rivojlantirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3755-sonli qarorining “ Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3207-sonli qarorlarida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, iqtidorli talabalar va magistrantlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga keng jalb etish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, Beruniy, Navoiy, Islom Karimov Davlat stipendiyalar tanlovida ishtirok etishlarini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan. Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish bo‘limi Nizomi va har yili institut rektori tomonidan tasdiqlangan bo‘limning yillik ish rejasiga muvofiq yuritadi. Institut Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish bo‘limi quyidagi maqsad va vazifalarni amalga oshiradi: O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, OO‘MTV ning 30.09.2002 y. №279 buyrug‘i asosida “Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish bo‘limi” nizomi tasdiqlangan.


-Ilmiy faoliyatga qiziqqan mustaqil fikrga ega, qobiliyatli, iqtidorli talabalarni dastlabki kurslardanoq tanlab olish va ularni salohiyatli professor-o‘qtuvchilarga biriktirish;
-Iqtidorli talabalarni ilmiy ishga (tadqiqod ishlariga) va yaratuvchanlikka o‘rgatish va maxsus stipendiyaga tavsiya etish;
-O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, Beruniy, Navoiy, Islom Karimov Davlat stipendiyalar tanlovida ishtirokchilari uchun O‘zbekiston tarixi, axborot texnologiyalari va chet tili fanlaridan qo‘shimcha darslarni tashkillashtirish;
-O‘qishga qabul qilingan 1-bosqich talabalari orasida iqtidorlilarini aniqlash maqsadida monitoring o‘tkazish;
-Institut bo‘yicha iqtidorli talabalarni aniqlash bo‘yicha monitoring o‘tkazish, talabalar ilmiy jamiyatlari faoliyatini shakllantirish va muvofiqlashtirish;
-Iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash va ularni “Iqtidorli talabalar” markazi qoshida birlashtirish;
-Iqtidorli talabalarni qobiliyati va qanday yo‘nalishga moyilligiga qarab maqsadli tayyorlashni tashkil etish;
-Iqtidorli talabalar uchun chet tili, informatsion texnologiya va internetdan foydalanish bo‘yicha maxsus mashg‘ulotlarni tashkil etish;
-Fakultet va kafedralarning tasdiqlangan Talabalar ilmiy jamiyati ish rejasini umumlashtirish;
-Talabalar ilmiy jamiyati ilmiy rahbarlari va fakultet dekanlari tavsiyalari bilan iqtidorli talabalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stependiyalari tanlovi ishtirokchilari guruhini shakllantirish;
-Iqtidorli talabalar faoliyati bo‘yicha ma’lumotlar bankini yaratish va doimiy ravishda yangilab borish;
-Har chorakda fakultet kesimida TIJ anjumanini o‘tkazish “ Talaba eng yaxshi ilmiy ishi” tanlovi g‘olibini aniqlash va uni rag‘batlantirish;
-Institut Kengashi qarorlari bilan tashkil etilgan akademik M.A. Xojinova, akademik M.T. O‘razboev, akademik X.X. Usmonxujaev, Olima F.S.Kungurseva va «Institut Kengashi» nomidagi hamda boshqa fahriy stipendiyalarga nomzodlar tanlovlarini o‘tkazish va o‘quv yili davomida avvaldan tanlab olingan iqtidorli yoshlarni bunday tanlovlarga tayyorgarlik ko‘rishini tashkil etish;
-Xorijiy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlariga iqtidorli talabalar hamda yosh mutaxassis-olimlarning borishiga tavsiya berish va tashkil etish;

YOPISH