“Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish” bo’limi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni ro‘yobga chiqarishning vazifalaridan kelib chiqib, iqtidorli yoshlarni aniqlash va tanlash, ularni fan sohalari bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlariga yunaltirish, yoshlarga o‘z iqtidorini ruyobga chiqarishlari va rivojlantirishlari uchun ilmiy muhit va tashkiliy sharoit yaratish, bu ishga ilmiy maktablar va olimlarning faol ishtirokini ta’minlash, kafedralarda olib borilayotgan dolzarb ilmiy-tadqiqot, ijodiy ishlarga yoshlarni faol qatnashishlarini ta’minlash, kasbiy mahorat va amaliy ko‘nikma bo‘yicha ularning ijodiy, intelektual salohiyatini rivojlantirish borasidagi faoliyatlarini muvofiqlashtirish va boshqarish maqsadida tashkil qilingan.
"Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish" bo’limi boshlig'i, PhD,  S.M.Elmonov 
"Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish" bo’limi uslubchisi  T.G’.Bobomurodov
   “Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish” bo’limi O‘zbekiston Respublikasi Davlat stipendiyalariga, xorijiy fondlar grantlariga, nomdor stipendiyalarga tavsiya qilish, “Yоshlar ittifoqi” tashkiloti, “Banklar assotsiatsiyasi” jamg‘armalari, Savdo sanoati palatasi tomonidan tashkil etilgan “Startup” dasturida va boshqa tanlovlarda ishtirok etishga tayyorlash, institutda ichki tanlovlar o‘tkazib borish va tayyorgarlikning borishi monitoringini yuritish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek institut Kengashi qarorlari bilan tashkil etilgan akademik M.A.Xojinova, akademik M.T.O‘razboyev, akademik X.X.Usmonxo‘jayev, Olima F.S.Kungursyeva va "Institut Kengashi" nomidagi hamda boshqa faxriy stipendiyalarga nomzodlar tanlovlarini o‘tkazish va o‘quv yili davomida avvaldan tanlab olingan iqtidorli yoshlarni bunday tanlovlarga tayyorgarlik ko‘rishini va qo‘shimcha o‘qishlar kursini institutda tashkil etish, xorijiy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlariga iqtidorli talabalar va yosh mutaxassis-olimlarning borishiga tavsiya berish va tashkil etish bo‘yicha ishlar olib boradi.

Institut kengashining stipendiyasi:

Shardarbekova Karina 
М10-11-17 guruh magistranti
фильмы бесплатно





YOPISH