Shoraxmedova Ma’mura Damirovna

   Kadrlar bo'limi boshlig’i

   Telefon: 0-371-253-17-78
   Faks:       0-371-253-17-78
   Elektron pochta: info@titli.uz

   Qabul kunlari: Dushanba-Payshanba
  • Bo'lim haqida

  • Xizmat vazifalari

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon va farmoyishlari, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Ta’lim to’g’risidagi Qonun, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta’lim va yosh avlodni tarbiyalash, bilim berish haqidagi amalga tadbiq etilgan qarorlari, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirligi farmoyish, buyruq, nizom va yo’riqnomalari, O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga, Institut Nizomi, yo’riqnomalari va tegishli ko’rsatmalari asosida ish olib boradi. Institut mehnat ichki tartib-qoidalariga, reglamentga, nazorat qoidalariga, mehnat intizomiga, lavozimiy yo’riqnomalarga amal qiladi, o’rnatilgan qonun-qoidalarga, huquqiy tartibga muvofiq xodimlar ishini tashkil etadi. Institut rahbariyati bilan birgalikda mutaxassisligiga va kvalifikatsiyasiga ega bo’lgan, ish saviyasi, uslubi talabga javob bera oladigan professor-o’qituvchilar, ma’muriy va xizmat ko’rsatuvchi xodimlar bilan ta’minlashni tashkil etadi. Kadrlar bo’limining professor-o’qituvchi, ma’muriy va xizmat ko’rsatuvchi ishchi-xodimlar hamda talabalar bilan ishlash inspektorlari bevosita kadrlar bo’limi boshlig’i topshirig’i va ko’rsatmalariga muvofiq ishni tashkillashtiradi. Belgilangan tartibda yo’riqnoma asosida ish olib boradi. Ularning ish faoliyatini bo’lim boshlig’i nazorat qiladi.


Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan maqsadlarga erishish va uni tatbiq etish uchun unumdor va samarali mehnat kilishni tashkil etadi. Kadrlarni joy-joyiga qo’yish bo’yicha rahbariyatga takliflar kiritadi. Institut shtat jadvalini moliya-reja bo’limi bilan birgalikda muvofiqlashtiradi va shtat jadvaliga asosan ish olib boradi. Professor-o’qituvchi, ma’muriy va xizmat ko’rsatuvchi xodimlarni ishga olish, ishdan bo’shatish, lavozimini o’zgartirish, mehnat ta’tili berish va muddatidan avval ishga chaqirib olish, qo’shimcha ta’tillar, tanlovdan, attestatsiyadan o’tish muddatlarini aniqlab, belgilashni nazorat etadi. Professor-o’qituvchi va xodimlarini institut ichki tartib-qoidalariga amal qilishi va O’zbekiston Respublikasi qonunlarini buzmasliklarini umumiy nazorat qilish, ularni rag’batlantirish, moddiy yordam ko’rsatish, intizomiy jazo choralarini qo’llash yuzasidan buyryq tayyorlaydi. Harbiy xizmatga majbur bo’lganlar, harbiy xizmatga chaqiruv yoshidagi o’smirlarning hisobini tegishli bo’lim (2-bo’lim) bilan hamkorlikda olib boradi va nazorat qiladi. Professor-o’qituvchi, ma’muriy va xizmat ko’rsatuvchi xodimlar va talabalarning shaxsiy ish jildini, shaxsiy kartochkasini (T-2 shakl), shaxsiy ma’lumotnoma (ob’ektivka) shakllantiradi, belgilangan tartibda yuritilishini tashkil etadi. Professor-o’qituvchi, ma’muriy va xizmat ko’rsatuvchi xodimlarga shaxsiy guvohnoma, ma’lumotnoma berishni o’z vaqtida muddatini uzaytirilishini nazorat etadi. Mehnat daftarchasi va akademik ma`lumotnoma blankalarini ishlatish, hisobining yuritilishini nazorat qiladi. Nafaqa yoshiga yetgan xodimlarni hisobini yuritadi, ularga o’z vaqtida pensiya tayinlanishi uchun kerakli hujjatlarni tayyorlaydi. Kasallik varaqalarini rasmiylashtiradi. Institutdagi professor-o’qituvchi, ma’muriy va xizmat ko’rsatuvchi xodimlarning va talabalarning belgilangan shaklda stastistik hisobotlarini olib boradi. Har oyda tuman aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya qilish bo’limiga kvotali joylar va vakant joylar (bo’sh ish o’rni) bo’yicha ma’lumot beradi.

YOPISH