Korporativ boshkaruv kafedrasi
Kafedra mudiri: S.N.Yuldashev 
Qabul vaqti: Har kuni15:00-17:00
Telefon: (0 371) 
Manzil: Toshkent shahri, Shohjahon ko‘chasi, 
5 uy, 3-bino
E-mail: 

    KAFEDRA TARIXI  

   “Korporativ boshkaruv” kafedrasi 2015 yil institutda amalga oshirilgan tarkibiy uzgarishlar natijasida tashkil etildi ("Menejment" va "Buxgalteriya hisobi va audit" kafedralarini birlashtirish hisobiga). Bugungi kunda kafedra tarkibida 21 nafar o’qituvchi ilmiy-pedagogik faoliyat olib bormoqdalar. Ulardan 1 nafari professor, 8 nafari dotsentlar, 8 nafari katta o’qituvchilar va 4 nafari assistentlardir. Kafedrada «Korporativ boshqaruv» yo‘nalishi bo‘yicha va joriy o’quv yilidan «Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish» yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 dekabridagi 366-sonli  “Oliy ta’limidan keyingi ta’lim tizimini takomillashtirish hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish choralari”  to‘g‘risidagi  Qaroriga  muvofiq ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlanadi, jumladan kafedra a’zolaridan nafari doktorlik dissertatsiyasini yakunlash, kafedra a’zolaridan nafari katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va nafar mustaqil izlanuvchi doktorlik dissertatsiyasi ishlarini himoyaga tayyorlash borasida ish olib bormoqdalar. Shuningdek:
1. Tarmoq uyushmasi va korxonalarini ehtiyoji va talablarini e’tiborga olgan holda “Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish” ta’lim yo’nalishi ochildi va ushbu ta’lim yo’nalishida mutaxassislarni tayyorlash bo`yicha tegishli me’yoriy hujjatlar tayyorlandi va institut rahbariyatiga taqdim etildi.
2. 2018-2019 o`quv yiliga tayyorgarligini ta`minlash bo`yicha ishlab chiqilgan “Harakatlar dasturi”da belgilangan vazifalar ijrosini bajarish yuzasidan ishchi o`quv rejasi, fan dasturi, ishchi o’quv dasturi, o’quv uslubiy majmualar tayyorlandi. 
3. Kafedraning professor–o'qituvchilari: i.f.d. dotsent Yuldashev S.N., katta o’qituvchisi Ibragimova X.M. tomonidan “MEHNATNI TASHKIL QILISH VA ME’YORLASH” fanidan chop etilgan o'quv qo'llanmasi turdosh oiiy o`quv yurtlariga etkazib berildi.

KAFEDRADA QUYIDAGI YO'NALISHLAR BO'YICHA MUTAXASSISLIKLAR TAYYORLANADI:

  BAKALAVRIAT TA’LIM YO‘NALISHI:

5232900–“Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish” 

KAFEDRADA O'QITILADIGAN FANLAR:

  BAKALAVR YO'NALISHIDAGI TALABALAR UCHUN:

  • Mеnеjmеnt
  • Iqtisоdiyot nаzаriyasi
  • Stаtistikа
  • Moliyaviy bozorlar va birja ishi
  • Ekonometrika asoslari
  • Mаrkеting
  • Korporativ madaniyat
  • Mеhnаtni tаshkil etish vа mе’yorlаsh
  • Iqtisоdiy tаhlil va audit
  • Biznes rejalashtirish
  • Sаnоаt kоrxоnаlаrdа ishlаb chiqаrishni tаshkil etish
  • Korporativ boshqaruv nazariyasi
  • Korporativ boshqaruv: prinsiplar, siyosat va amaliyot  
  • Moliya va kredit
  • Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
  • Korporativ menejment
  • Iqtisodiyot va mеnеjmеnt аsоslаri
  • Korporativ boshqaruv tizimi
  • Xo`jalik yurituvchi sub`ektlar faoliyatini baholash
  • Innovatsiya va investitsiyalarni boshqarish
  • Dividentlar va dividend siyosati
  • Korporativ risklarni boshqarish
  • Biznes muhit: nazariya va amaliyot
  • Makroiqtisodiyot
  • Mikroiqisodiyot
  • Buxgaltеriya hisobi
  • Soliq va soliqqa tortish
  • Sеrvis mеnеjmеnti va biznеs rеja    
    
     KAFEDRA A'ZOLARI:

  • Yuldashev S.N. - kafedra mudiri, iqtisod fanlari nomzodi
  • Maxmudov N.M. - professor, iqtisod fanlari nomzodi
  • Temirov X.A. - dotsent, iqtisod fanlari nomzodi
  • Topildiev S.R. - dotsent, iqtisod fanlari nomzodi
  • Isaev R.A. - dotsent, iqtisod fanlari nomzodi
  • Mirzakarimova M.M. - dotsent, iqtisod fanlari nomzodi
  • Muminova N.M. - dotsent, PhD
  • Pardaeva Z .A. - dotsent
  • Mavlyanberdieva H.M. - dotsent, iqtisod fanlari nomzodi
  • Xudoyqulov M.R. - katta o‘qituvchi
  • Olimov A.A. - katta o‘qituvchi
  • Umarova M.N. - katta o‘qituvchi
  • Saidmurotova T.S. - katta o‘qituvchi
  • Yusupov S.Sh. - katta o‘qituvchi
  • Azimova L.S. - katta o‘qituvchi
  • Azimova F.P. - katta o‘qituvchi
  • Kadirova L. G. - katta o‘qituvchi
  • Normatova G.X. - assistent
  • Davronov O.A. - assistent
  • Raupova N.G. - assistent
  • Temirov M.X. - assistent

KAFEDRANING O'QUV VA LABORATORIYA BAZASI:

    Kafedra texnik vositalar bilan ta’minlangan. Ushbu texnik vositalardan dars mashg’ulotlarini o’tishda foydalaniladi, hamda ularga fanlar bo’yicha ma’lumotlar kiritilgan.

KAFEDRANING INNOVATSION HAMKORLIK ALOQALARI:

     Kafеdra bilan “O'zbekpaxtasanoat” AJ  tarkibidagi paxta tozalash hissadorlik jamiyatlari, “O'zto’qimachiliksanoat”  uyushmasi tarkibidagi korxonalar o'rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomalari asosida amaliyotlar o'tkaziladi.

2018-2019 o‘quv yilidakafedraninng ilmiy salohiyati

     Kafedra dotsenti M.M.Mirzakarimova 2018 yilning 28-noyabr sanasida O‘zbekiston milliy universiteti ixtisoslashgan kengashida 08.00.01-Iqtisodiyot nazariyasi ixtisosligida “Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori”(Doctor of Scince) dissesrtatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Shuningdek, kafedra mustaqil tadqiqotchilari assistent O.A.Davronov va katta o‘qituvchi S.Sh. Yusupovlar 2018 yilning 20-28 dekabr sanasida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ixtisoslashgan kengashida 08.00.03-Sanoat iqtisodiyoti va 08.00.13-Menejment ixtisosligida “Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori”(PhD) dissesrtatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildilar.


Kafedra professor-o‘qituvchilari hamkorligida o‘tkazilgan seminar trening
Ural Davlat  Aloqa  universiteti “Jahon iqtisodiyoti va logistika”  kafedrasi dotsenti i.f.n. Nekrasov Konstantin Viktorovichning “Milliy iqtisodiyotning  rivojlanishida innovatsiyalarning  ahamiyati”mavzusida  seminar-trening   2018 yil9 oktyabr kuni bo‘lib o‘tdi. 


   2018 yil   31  oktyabr kuni “AZ CAPITAL” investitsion kompaniyasi direktori  Aziz Axmadjonovich Xalikovning “Bugungi moliya bozorining xususiyatlari, uning ravnaq topishiga kerakli sharoit yaratish va mulkdor bo‘lish imkoniyatlari” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. Treningda bo‘lajak mutaxassislarning bilim salohiyatini kengaytirish maqsadida “kripto-birjalar va kripto-aktivlar aylanmasi”, iqtisodiyot sektorlariga kirib borayotgan “blokcheyn texnologiyalari”, “treyderlik faoliyati” kabi mavzular yoritildi. 
фильмы бесплатно





YOPISH