f. d, professor. Xamraeva Sanovar Atayevna

   Bo’lim boshlig’i

   Telefon: 0-371-253-32-02
   Faks:       0-371-253-32-02
   Elektron pochta: Xamrayeva-sanovar@mail.ru

   Qabul kunlari: Dushanba-Shanba 10-00 dan 17-00 gacha
  • Bo'lim haqida

  • Xizmat vazifalari va majburiyatlari

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Magistratura bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 10 sentyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida Magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 190–sonli qarorining 5-bandiga muvofiq, hamda 2008 yil 18 fevraldagi «Oliy ta’lim muassasasi Magistratura bo‘limi» haqidagi Nizomini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 34 –sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida institutda 2008 yil 1 yanvardan e’tiboran Magistratura bo‘limi tashkil etildi. Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, «Ta’lim to‘g‘risida» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi qonunlari, oliy ta’limning normativ-huquqiy hujjatlari, shuningdek, 2015 yil 2 mart O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan «Magistratura to‘g’risidagi Nizom»ga amal qiladi. 2018-2019 o‘quv yilida institutda o‘quv jarаyoni 17 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha tashkil etilib, 2- kursda 118 nafar talaba tahsil olmoqda. 1- kursga 126 ta talaba qabul qilish tavsiya etildi, undan 42 tasi Davlat granti va 84 tasi to‘lov shartnoma аsоsida.



• Magistrlar tayyorlash bo’yicha o’quv jarayonini tashkil etish va amalga oshirish, ularga taqdim etilayotgan ta’lim sifatini nazorat qilish;
Magistrantlarning ilmiy mavzulari va rahbarlarini tasdislashga tayyorlash, o’quv yilida bajargan o’quv - izlanish va ilmiy – tadqiqot ishlarini nahlil qilish va magistratura talabalari faoliyati monitoringini o’tkazish, ilmiy maqolalar qabul qilish va to’plamini chop etishga tayyorlsh;
• Ilmiy faoliyat va malaka amaliyotlarni tashkil qilish, mazmunli o’tishini ta’minlash va nazorat qilish, dastlabki va rasmiy himoyani otkazishni, taqdirlashni tashkil etish.

YOPISH