Bulanov Ismailjan Abdulmomunovich

   Markaz direktori

   Telefon: 0-371-253-36-98
   Faks:       0-371-253-36-98
   Elektron pochta: ttesi_tm@bimm.uz

   Qabul kunlari: Har kuni (Yakshanbadan tashqari)
  • Bo'lim haqida

  • Markazning maqsadi va vazifalari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 20 maydagi “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1533-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 28 maydagi “Malakali pedagog kadrlar tayyorlash hamda oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini shunday kadrlar bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1761-son Qarori, Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 26 sentyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 278-son qarori hamda ushbu qarorning ijrosini ta’minlash toʻgʻrisidagi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining 2012 yil 29 sentyabrdagi 391-sonli buyrugʻi asosida Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi oʻz faoliyatini yoʻlga qoʻydi.


Markazning maqsadi va vazifalari: Markazning maqsadi – toʻqimachilik va yengil sanoat yoʻnalishlari boʻyicha pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonlarida zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikaцiya texnologiyalarni qoʻllash orqali ta’lim sifatini yaxshilash, turdosh oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlari tarkibi va yordamchi xodimlar malakasini oshirish dasturlarini takomillashtirish, toʻqimachilik, yengil va paxta sanoat hamda matbaa mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari muxandis-texnik xodimlarining malakasini oshirish, oʻquv jarayonining sifatini yaxshilash, ularning bilimi va kasbiy mahoratini aniq yoʻnalishlar (mutaxassisliklar) boʻyicha iqtisodiyot sohalarining tezkor rivojlanib borishiga uygʻunlashtirish, tarmoqdagi innovaцiyalarni ta’lim jarayoniga joriy qilish, pedagog kadrlarga tegishli sohalar boʻyicha yangi texnika va texnologiyalarni oʻzlashtirishlariga koʻmaklashishdan iborat. Markazning asosiy vazifalari
Toʻqimachilik va yengil sanoat yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv rejalarini qayta qurib chiqish, oʻquv dasturlariga kompьyuter va mulьtimediyali zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qoʻllashni kiritish;
Toʻqimachilik va yengil sanoat yoʻnalishi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonida koʻchma mashgʻulotlar, zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan korxonalarga tashriflar joriy etilishini ta’minlash; >Ishlab chiqarish, tadqiqot, loyihalash-qidiruv tuzilmalarining moddiy-texnikaviy bazasidan foydalangan holda mashgʻulotlar oʻtkazish;
Toʻqimachilik va yengil sanoat yoʻnalishi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning, innovaцion ilmiy yutuqlarni, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikaцiya texnologiyalarini qoʻllashni, masofadan oʻqitishni, mustaqil ta’lim olishni kengaytirishni nazarda tutuvchi texnika va texnologiyalarning istiqbolda rivojlanishini hisobga oluvchi dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 12 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4732-sonli farmoniga asosan institut huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi xorijiy adabiyotlar asosida takomillashgan oʻquv reja va dasturlar va oʻquv uslubiy majmualar asosida
288 soatli qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tashkil etib kelinmoqda.
Tarmoq markazi oʻquv jarayoniga sohaning etakchi professor-oʻqituvchilari, yosh xorijiy tajribaga ega boʻlgan hamda Bosh ilmiy-metodik markazda tashkil qilingan trenerlar tayyorlash kursidan muvoffaqiyatli oʻtgan professor-oʻqituvchilar hamda soha boʻyicha ishlab chiqarish korxonalarining etakchi mutaxassislari jalb qilingan.
Tarmoq markazida 5 ta qayta tayyorlash va malaka oshirish yoʻnalishlari boʻyicha kurslar tashkil etiladi. Bular:
- Yengil sanoat buyumlari konstrukцiyasi va texnologiyasi (yengil sanoat texnologiyasi);
- Yengil sanoat buyumlari konstrukцiyasi va texnologiyasi (toʻqimachilik sanoati texnologiyasi);
- Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi;
- Texnologik mashinalar va jihozlar;
- Matbaa va qvdoqlash mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasi.

YOPISH