Matbaa va qadoqlash jarayonlari texnologiyasi kafedrasi
Kafedra mudiri: Bulanov I.A.

Qabul vaqti: Har kuni soat 9-00 dan 17-00 gacha
Telefon: (0 371) 
Manzil: Toshkent shahri, Shohjahon ko’chasi, 5 uy, 4-bino, 4-qavat
E-mail:

      KAFEDRA TARIXI

   1980-yildan Toshkеnt to‘qimachilik va yеngil sanoat instituti (TTYЕSI) «Matbaa va bosma mahsulotlari dizayni» kafеdrasi matbaa sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlaydigan Markaziy Osiyoda yagona o‘quv muassasasi hisoblanadi.
   1996-yildan «Matbaa va qadoqlash jarayonlari texnologiyasi» kafеdrasi matbaa o‘quv muassasalari Xalqaro assotsiatsiyasi a‘zosi hisoblanadi va shu asosida jahonning yuzdan ortiq yеtakchi matbaa o‘quv muassasalari, yеtakchi firmalar va kompaniyalar bilan xalqaro hamkorlik olib borilmoqda. 1997-yildan kafеdra Rеspublikada matbaa sohasini rivojlantirish uchun Vuppеrtaldagi (Gеrmaniya) Bеrg birlashgan univеrsitеti bilan shartnoma tuzdi.
   1998-yili “HEIDELBERG” firmasi kafеdra bazasida bosishgacha bo‘lgan, bosish va bosishdan kеyingi uskunalar bilan jihozlangan o‘quv markazi tashkil etildi. 2000-yildan boshlab kafеdrada “YAM INTERNATIONAL” (Buyuk Britaniya) kompaniyasi tomonidan tashkil qilingan o‘quv markazi faoliyat ko‘rsatmoqda.
   2002-yilda kafеdra TTYЕSI kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha Vuppеrtaldagi (Gеrmaniya) Bеrg univеrsitеti va Fyodorov nomidagi Moskva davlat matbaa univеrsitеti (Rossiya) bilan uch tomonlama shartnoma tuzdi.
   2003-yilda O‘rta Osiyoda birinchi marta «Matbaa, ilm va ta'limda mеdia tеxnologiyalar» Xalqaro ilmiy-amaliy anjumani muvaffaqiyatli tashkil qilindi. Unda Bеlgiya, Buyuk Britaniya, Vеngriya, Gеrmaniya, Nidеrlandiya, Daniya, Xitoy, Polsha, Rossiya, Ukraina va O‘zbеkistonning yеtakchi matbaa o‘quv muassasalari, firma va kompaniyalari olimlari, rеktorlari, rahbar mutaxassislari ishtirok etishdi.
2005-yilda kafedra Shtutgart Universiteti (Germaniya) bilan shartnoma imzoladi.
2009-yilda kafedra nomi “Matbaa ishlab chiqarish texnologiyasi va dizayni” ga o‘zgartirildi.
2010-yilda Ukraina Matbaa Akademasi bilan shartnoma tuzildi.
2011-yilda kafedra Jongbu universiteti (Janubiy Koreya) bilan shartnoma imzoladi.
2013-yildan kafedra Matbaa va qadoqlash jarayonlari texnologiyasi nomi bilan faoliyat yuritmoqda.
   Bugungi kunda kafedra tarkibida 16 nafar o’qituvchi ilmiy-pedagogik faoliyat olib bormoqdalar. Ulardan 3 nafari professor, 3 nafari dotsentlar, 4 nafari katta o’qituvchilar va 6 nafari assistentlardir. Kafedrada «Matbaa va qadoqlash jarayonlari texnologiyasi» yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr va “Matbaa texnologiyasi va dizayni” mutaxassisligi bo’yicha magistr hamda 2018 yilidan «Matbaa mashinalari va apparatlariga servis xizmat ko’rsatish» mutaxassisligi bo’yicha magistrlar tayyorlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-dekabridagi 366-sonli  “Oliy ta’limidan keyingi ta’lim tizimini takomillashtirish hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish choralari”  to‘g‘risidagi  Qaroriga  muvofiq ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlanadi, jumladan kafedra a’zolaridan 2 nafari doktorlik dissertatsiyasini yakunlash, kafedra a’zolaridan 1 nafari katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va 2 nafar mustaqil izlanuvchi doktorlik dissertatsiyasi ishlarini himoyaga tayyorlash borasida ish olib bormoqdalar.

KAFEDRADA QUYIDAGI YO'NALISHLAR BO'YICHA MUTAXASSISLIKLAR TAYYORLANADI:

  BAKALAVRIAT TA’LIM YO‘NALISHI:

5320800 - “Matbaa va qadoqlash jarayonlari texnologiyasi”, 

  MAGISTRATURA TA’LIM YO‘NALISHI:

5А320801 – “Matbaa mashinalari va apparatlariga servis xizmat ko’rsatish”
5A320802  “Matbaa texnologiyasi va dizayni”


KAFEDRADA O'QITILADIGAN FANLAR:

  BAKALAVR YO'NALISHIDAGI TALABALAR UCHUN:
  • Matbaa materiallari
  • Metrologiya, standartlash va sertifikatlash asoslari
  • Matbaa va qadoqlash jarayonlari asoslari
  • Prepress texnologiyasi va uskunalari 
  • Rangshunoslik injiniringi
  • Bosma qolip tayyorlash texnologiyasi
  • Printmedia bosma texnologiyalari
  • Bosish uskunalari
  • Postpress texnologiyasi
  • Postpress uskunalari
  • Maxsus bosish usullari texnologiyasi
  • Texnologik jarayonlarni loyihalash asoslari
  • Raqamli bosma texnologiyasi
  • Tezkor bosish jarayon texnologiyasi asoslari
  • Media dizayn   
  • O’rash va qadoqlash mahsulotlarini bosishga tayyorlash 
    MAGISTRATURA YO'NALISHIDAGI TALABALAR UCHUN:
  • Bosishgacha bo‘lgan jarayon texnologiyasi va dizayn
  • Bosishgacha bo‘lgan jarayon uskunalari
  • Dizaynni elektron uslublari
  • Printmedia tizimlari va komplekslari
  • Printmediya texnologiyasida sifatni nazorat qilish
  • Printmediya tizimlari uskunalari
  • Standartlashtirish va sertifikatlashtirishda sinov o’tkazish uslublari
  • Matbaa uskunalarini ta’mirlash va servis xizmat ko’rsatish
  • Matbaa uskunalariga texnik xizmat ko’rsatish
     KAFEDRA A'ZOLARI:
  • Bulanov Ismoil Abdulmuminovich - t.f.n., dots., kafedra mudiri
  • Bulanov Abdulmumin Kirg‘izbayevich - t.f.n. dotsent
  • Rahimov Odil Rahimovich  - t.f.d., professor
  • Kamalova Sabohat Rahmatovna - t.f.n., dotsent
  • Babaxanova Halima Abishevna - t.f.d., professor
  • Imomov Rustam Qosimjonovich - katta o`qituvchi
  • Jalilov Anvar Abdugafforovich - katta o`qituvchi
  • Abdunazarov Mansur Mеhriddinovich  - katta o’qituvchi 
  • Chirsov Pavel Stanislavich - katta o’qituvchi 
  • Haqnazarova Oydin Dilmurodovna  - katta o’qituvchi  
  • Galimova Zulfiya Kamilovna - assistent 
  • Baltabayeva Barno Yuldashovna - assistent
  • Safayeva Dilafruz Ruzmatovna - assistent
  • Abdiraxmonova Dono Ikramovna - assistent
  • Zufarova Gulnoza Baxtiyorovna - assistent
  • Zufarova Dilobar Baxtiyor qizi - assistent
  • To'rayev Fazliddin - assistent
  • Abduxalilova Muxlisa - assistent
  • Gibadulina Ilmira Kamilovna -  lab. mudiri
  • Tashmuxamedova Shijoat Bositovna - laborant
  • Tillayev Tolmasbek O`rolovich - laborant
     
KAFEDRANING O'QUV VA LABORATORIYA BAZASI:

    Institut miqyosida Matbaa yo‘nalishi bo‘yicha quyidagi korxonalarida filial-laboratoriyalar mavjud:    
1.  Kafedra qoshidagi kichik korxona laboratoriyasi
2.  “Sharq” Nashriyot - matbaa aksiyadorlik kompaniyasi
3.  “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi
4.  “G’afur G’ulom” nashriyot-matbaa ijodiy uyi

  KAFEDRANING INNOVATSION HAMKORLIK ALOQALARI:

   Kafedra 1996-yildan xalqaro Matbaa oliy o‘quv yurtlari assotsiatsiyasiga a’zo. Bu assotsiatsiya orqali 50 dan ortiq mamlakatlardagi 100 dan ortiq Matbaa oily o‘quv yurtlari bilan aloqa o‘rnatilgan. Quyidagi oliy o‘quv yurtlari bilan o‘quv, ilmiy, o‘quv-uslubiy ishlar bo‘yicha o‘zaro hamkorlik shartnomalari mavjud. 
  • Berg universiteti (Germaniya)
  • Shtutgart media universiteti
  • Fyodorov nomidagi Moskva davlat Matbaa universiteti
  • Ukraina Matbaa akademiyasi
  • Kiyev texnika universiteti qoshidagi Matbaa instituti
  • Koreyaning Jongbu universiteti 
YOPISH