Axmatova Dilorom Adelbekovna

   Reja-moliya bo‘limi boshlig'i

   Telefon: 0-371-253-09-01
   Faks:       0-371-253-09-01
   Elektron pochta: orifdjon@gmail.com

   Qabul kunlari: Har kuni soat 9-00dan 17-00gacha
  • Bo'lim haqida

  • Faoliyat

Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat institutining reja-moliya bo‘limi institut iqtisodini rejalashtiruvchi va moliyalashtiruvchi asosiy bo‘lim hisoblanib, institutga tushgan pul mablag‘lari tushumi va xarajatlarining amalga oshirilishini tasdiqlangan smetalarga asosan monitoring qiladi.


- budjet, budjetdan tashqari, maxsus mablag‘lar bo‘yicha yil boshida joriy yil uchun tayyorlangan institut shtatlar jadvallarini institut rektoriga tasdiqlatib, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tasdig‘idan o‘tkazish;
- budjet, budjetdan tashqari, maxsus mablag‘lar bo‘yicha yillik smetalarni o‘z vaqtida tayyorlab, institut rektoriga tasdiqlatib, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tasdig‘idan o‘tkazish;
- institut hududidagi bo‘sh joylarni ijaraga berish bo‘yicha ijarachilar bilan yil boshida shartnoma tuzib, ijara va kommunal to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lanishini nazorat qilish;
- kafedralar bo‘yicha tasdiqlangan yuklamalardan kelib chiqqan holda normativga asosan shtat sonini belgilab, shtatlarga professor-o‘qituvchilarni rasmiylashtirilishini ta'minlash;
- bandlikka ko‘maklashish markaziga institut bo‘yicha vakant lavozimlar to‘g‘risidagi hisobotni har oyning 25-sanasigacha topshirish;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan oylik maoshlar oshirilganda, institut xodim va professor-o‘qituvchilar oylik maoshlarini qaytadan hisoblab buyruq asosida doimiy tasdiqdan o‘tkazish;
- servis va xizmat ko‘rsatish sohasi bo‘yicha har oyning oxirida Vazirlikga hisobot berish;
- talabalar to‘g‘risidagi institut buyruqlarini doimiy ravishda qayd qilib borish;
- talabalar kontingenti xarakati to‘g‘risidagi ma'lumotlarni jadvallarga asosan to‘ldirib tegishli bo‘limlarga yetkazib berish;
- har chorakdan keyingi oyning 10-sanasigacha institut buxgalteriyasiga talabalar kontingenti bo‘yicha hisobotni taqdim etish;
- yilning 5-noyabr sanasigacha shahar statistika boshqarmasiga statistik hisobotning 4-ta'lim shaklini topshirish;
- xodimlar va professor-o‘qituvchilar bo‘yicha ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish haqidagi buyruqlarni o‘z vaqtida qayd qilib borish orqali shtatlar soni monitoringini yuritish;
- har chorakdan keyingi oyning 10-sanasigacha institut buxgalteriyasiga xodimlar va professor–o‘qituvchilar keldi-ketdisi(stavka) bo‘yicha hisobotni taqdim etish;
- shahar statistika boshqarmasiga chorak, yillik hisobotning 1-T (mehnat) shaklini topshirish;
- shahar statistika boshqarmasiga boshqaruv xodimlari to‘g‘risidagi hisobotning 1-UP shaklini har chorakdan keyingi oyning 3-sanasigacha topshirish;
- yilning 15-dekabr sanasigachashahar statistika boshqarmasiga hisobotning 1-NX shaklini topshirish;
- institutda faoliyat ko‘rsatayotgan xodim va professor o‘qituvchilarning elektr energiya, gaz, sovuq suv, issiqlik energiyasi uchun kommunal to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘laganliklari to‘g‘risidagi ma'lumotnomalarni yig‘ish;
- yuqori tashkilotlardan kelgan xat va modemlarning bo‘limga tegishli bandlariga doimiy javob berish.

YOPISH