JALB ETILGAN SARMOYA VA GRANDLAR

   To‘qimachilik va yengil sanoat uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan yaxshilash, uning jahon standartlari darajasida zamonaviy rivojlanish talablariga mos kelishini ta’minlash, tarmoq muhandis-texnik xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirishni takomillashtirish, shuningdek, Koreya Respublikasi bilan hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida:
   O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan Koreya Respublikasi savdo, sanoat va energetika vazirligi o‘rtasida o‘zaro anglashuv to‘g’risida imzolangan memorandumga muvofiq Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti huzurida O‘quv-amaliy to‘qimachilik texnoparki barpo etish loyihasi amalga oshirilmoqda.
   Texnoparkni barpo etish loyihasini amalga oshirish uchun Koreya Respublikasi Hukumatining ekvivalenti 15,0 million AQSH dollariga teng texnik ko‘magi mablag‘lari (granti) jalb etilmoqda.
Texnopark Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasi, 30-uyda joylashtiriladi.
фильмы бесплатно





YOPISH