TALABA QIZNING TANLOVDA ISHTIROKI

 Ruzieva Nafisa, Toshkent To‘qimachilik va yengil sanoat institutining 20p-18 guruhining 2-kurs talabasi (“Charm buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasi) va 11r-18 guruh talabasi Mirzarahimova Nigora “Art Nira Brand” tomonidan asos solishdi.
   Dastavval ular eksklyuziv trikotaj kiyimlarini ishlab chiqarishni rejalashtirishgan. Nafisа   “UzCharm_expo” ko'rgazmasida ko‘ngilli sifatida qatnashgan va poyabzal va aksessuarlarning yosh dizaynerlari uchun o‘tkazilgan,  “Uzcharmstyle-2019” tanlovida u charm bilan birga trikotaj buyumlarini ishlab chiqarishga ilhomlangan.
   Ro‘zieva Nafisa o‘z to‘plamlari bilan Moskvadagi poyabzal-2020 tanlovida ishtirok etishga taklif qilindi.


TALABA YOSHLAR ISHLAB CHIQARISHDA

   “To‘qimachilik matolari texnologiyasi” kafedrasining 4-kurs talabalari Sattorov Furqat hamda Ilxomjonov Muhammadjon bo‘sh vaqtlarida yangi trikotaj to‘qimalarini yaratish va dasturlash bo‘yicha iqtisodiy kelishuv asosida ishlamoqdalar. “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” milliy brendini jahon bozorlarida shakllantirish va targ’ib qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan yigitlar korxonalardagi kafedra ustozlari yordamida desinator dasturlari va ularning ishlarini o‘rganishni boshladilar, trikotaj to‘qimalarini qanday qilib tayyorlashni o‘rgandilar. Yosh texnologlarning buyurtmachilari – “FLATNIT TEXTILE” MChJ (trikotaj buyumlar ishlab chiqaradigan korxona), “Paxta ilmiy innovatsiya markazi” MChJ (to‘qimachilik korxonalarini tashkil qilishda yordam beradigan konsalting kompaniyasi, shuningdek yuqori texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish). Buxoro Agroklaster” (to‘qimachilik sektori uchun). Ta’kidlash joizki, buyurtmachi korxonalarning mahsulotlari chet el mamlakatlariga eksport qilinadi.



   TARIXGA BIR NAZAR...
   XX asr 30-yillarida Olmoniyada hokimiyatni egallagan fashistlarning g’oyasi ulug’ millatchilik vainsoniyatni qullikka tushurish asosiga qurilgan edi. 
Fashistlar 1939 yilda Ikkinchi jahon urushini boshlab yubordilar. 1941 yil 22 iyunda esa sobiq Sovet Ittifoqiga hujum qildilar.
   Ushbu urush bir xalq va bir mamlakatning boshiga tushgan ofat bo'lmay, umumjahon hayoti va kelajagini barbod etuvchi dahshatli qirg’in edi.
O‘zbekiston - mudofaaning moddiy ehtiyojini ta’minlash uchun nimaiki zarur bo‘lsa, barchasininayamay sarfladi. Urush yillarida o'zbek xalqi tomonidan mudofaa jamg’armasiga 649,9 mln so‘m naqd pul, 4 milliard 226 mln so‘m zayom puli, 52,9 kilo oltin va kumush topshirildi. Armiyaga 7 518 800 gimnastyorka, 2 636 700 paxtalik, 2 221 200 etik va qo'njli botinka yuborildi. 
   O‘zbekiston yengil sanoati korxonalari tomonidan frontga 246 918 700 so‘mlik mahsulot jo‘natilgan.
   Qiyinchilik va xomashyo yetishmasligiga qaramasdan, Toshkent to‘qimachilik kombinati front uchun 410 mln metr gazlama ishlab chiqardi. Shuningdek, ko‘p miqdorda oziq-ovqat mahsulotlari jo‘natildi: 1 282 000 tonna g'alla, 482 000 tonna kartoshka va sabzavot, 1000 tonna poliz mahsuloti, quruq va ho'l mevalar shular jumlasidandir. 
   Faqat 1941 yilning ikkinchi yarmida 59 ming bosh ot frontga olib ketildi.
   O‘zbekistonning har bir viloyati, shahar va tumani, har bir shaxs jangchilarga yordam q‘llarini  cho‘zdilar. 
   Masalan, 1942 yilning boshlarida Buxoro viloyatidan 4059 juft issiq kiyim, 9380 juft jun paypoq va qo‘lqop, 5660 qalpoq, 2750 shim, 3000 po'stin, 18,5 ming litr vino, quruq mevalar olindi. 1943 yilning boshlarida Leningradga Andijon viloyatidan 7884 kilo un va bug’doy, 5496 kilagramm yorma bug’doy, 1160 kilagramm guruch, 418 bosh qo'y, 8510 kilagramm quruq meva, Qoraqalpog’istondan 224916 so'm naqd pul, 21614 kilo bug'doy, 5819 kilo go‘sht, 3700 kilagramm guruch jo‘natildi. 
   Qoraqalpog’istondagi Mo‘ynoq baliq kombinatidan 20 mln. banka go‘sht va baliq konservasi tayyorlandi hamda frontga yuborildi. Surxondaryo va Toshkent viloyatlari hamjangchilardan hech nimani ayamadilar. 1942 yilning kuzida Surxondaryodan 5998 bosh qoramol, 18 tonna asal, 28 tonna yog’, 31 tonna quruq meva, 3000 litr vino olindi. Toshkentdan 52 vagonda oziq-ovqat mahsulotlari yuborildi. 1943 yili Surxondaryo viloyati front ehtiyojlari uchun 14 mln so‘m naqd pul, 330 tonna go‘sht va yog’, 530 tonna bug’doy, 180 tonna quruq meva, 33168 dona teri topshirdi.
   Kiyim-bosh va oziq-ovqat mahsulotlarini Samarqand, Namangan, Xorazm va boshqa viloyatlar ham frontga jo‘natib turganlar. O‘zbekistondan vagonlarda katta miqdorda sovg’alar olib ketilganligi haqida ma’lumotlar  Rossiya Federatsiyasi arxivida mavjud. Masalan, 1942 yili respublikaning bir guruh vakillari Leningradga 600 vagon un va go‘sht, 100 vagon guruch, 60 vagon quruq meva olib borganlar.
   Urushning to‘rt yili davomida O‘zbekiston davlatga 4 806 000 tonna paxta, 54067 tonna pilla, 1 066 000 tonna g’alla, 195 000 tonna sholi, 108 000 tonna kartoshka, 374 000 tonna sabzavot va ho‘l meva, 35289 tonna quruq meva, 57444 tonna uzum, 1 593 000 tonna go‘sht, 5 286 000 dona teri topshirgani ma'lum. Ular ham mudofaa ehtiyojlariga sarflangan, albatta. Bundan tashqari, urush yillarida O‘zbekiston aholisi mudofaa jamg'armasiga jami 649 900 000 so'm naqd  pul o‘tkazib bergan. 
   O‘zbek xalqi harbiy xizmatchilarning oilalariga ham katta yordam bergan. Chunonchi, 1943 yili ularga 13 858 500 so'm pul, 1 308 400 kilo oziq-ovqat, 20 750 kiyim-bosh, 40 000 kubometr yoqilg’i, 73 500 pud g'alla, 10 000 bosh qo'y, 2000 bosh qoramol topshirilgan, 350 uy qurib berilgan. Shuningdek, o'zbek xalqi Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Moldaviya va boshqa joylardan ko‘chirib keltirilgan yuz minglab kishilarga boshpana berib, mehribonlik va g’amxo‘rlik namunalarini ko‘rsatdi. Jang bo‘layotgan hududlardan ko‘chirilgan uch mln erkagu xotin va bola boshpana, kiyim-bosh va oziq-ovqat bilan ta'minlandi. 200 mingdan ziyod yetim bolaning talay qismini o'zbek oilalari o'z qaramog’lariga oldilar, farzandlari kabi tarbiyaladilar. 
   O‘zbek  xalqi jangga ketgan turli millat vakillarining oilalaridan ham ma’naviy, moddiy yordamini ayamadi. Yuz minglab bolalarni o‘z oilalariga qabul qilib, o‘z uylariga joylashtirildi. O‘zbek xalqi ularga har tomonlama yordam berdi va o‘z farzandi sifatida qabul. O‘zbekistonda 113 harbiy kasalxona - gospital faoliyat ko'rsatdi. 1943 yilning o‘zida harbiy xizmatchilarning oilalariga 24 mln so'm naqd pul, 300 ming kiyim-kechak, 50 ming bosh qoramol, 40 ming sentner g’alla, 20 ming sentnerdan oshiq sabzavot berildi.  
   Keksa yoshdagi o‘zbeklarning talay qismi “Ishchi batal’oni” ga - Rossiyaga safarbar qilindi. 
   Ularning orasida 16 yoshdan oshgan va hunar bilim yurtini tamomlagan yoshlar ham bor edi. 1943 yilda “Ishchi bata’oni”dagi o‘zbeklarning soni 155 ming kishidan ortiq bo'lgan. Ularning yoshi asosan 50 va undan ham ortiqroq edi.  O‘zbekistonliklardan iborat “Ishchi batal’oni” Urol, Qarag’anda, Kuybishev, Saratov, Gorkiy, Omsk, Novosibirsk, Moskva, Tula, Yaroslavl, Krasnoyarsk, Xabarovsk, Kemerovo, Chelyabinsk, Sverdlovsk, Perm, Irkutsk, Arxangelsk, Boshqirdiston, Tatariston, Udmurtiya va boshqa joylardagi sanoat korxonalarda kecha-yu kunduz mehnat qilishdi.
   Fashistlarning tor-mor qilinishida O‘zbekistonda urush yillarida ishlab chiqarilgan qurol-aslahalar muhim ahamiyat kasb etdi. O‘zbekiston sanoatining asosiy qismi harbiy qurol ishlab chiqarishga yo‘naltirilib, ular jang maydoniga uzluksiz yuborib turildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2100 dona samolyot, 17342  samolyot motori, 17100 minomyot, 27 000 tankka qarshi otadigan zambarak, 60 000 harbiy kimyoviy anjom, 22 mln mina, 560 000 dona snaryad, 2 milyon 318 ming aviatsiya bombasi, 1 milyon dona granata,1 mln. kmdan ziyod sim, dala radiostantsiyalari, tank va samolyotlar uchun 3 mlndan ortiq radiolampa, 5 bronepoezd, 18 harbiy-sanitar va hammom o‘rnida foydalaniladigan hamda kir yuviladigan poyezd, 2200 ko‘chma oshxona tayyorlandi va frontga olib ketildi. 
   O‘zbek xalqining shaxsiy pullari hisobidan tayyorlanib, jang maydoniga yuborilgan qurol-aslahalar,  tank koloniyasi va avia eskadrilya qurish uchun aholidan 320 000 000 so‘m to‘plangan.
   O‘zbekiston 1943 yili nemis-fashistlaridan ozod qilingan hududlarga yordam berishni boshlab yubordi. 1943 yilning oktyabrida O'zbekistondan Belorussiya, Ukraina va Rossiyaning dushmandan tozalangan yerlariga 800 nafar vrach safarbar qilindi. 1944 yilning birinchi yarmida esa 
Ukrainaga 300 tonna g’alla, 8300 bosh qoramol, 6700 bosh qo‘y jo‘natildi. 1943-44 yillarda ozod etilgan shaharu qishloqlarga Qoraqalpog’istondan 45 800 000 bosh qoramol va qo‘y yuborildi. 
   Toshkent temiryo‘lchilari vagonlarda turli xil jihozlarni yubordilar. Sobiq Stalingradni tiklash uchun 350 nafar quruvchi bordi. Xorazmliklar Xarkovga har xil qishloq xo‘jalik texnikasini jo‘natdilar. 1943 yil avgust oyida O‘zbekistondan ozod qilingan joylarga 1152 traktor, 25 kombayn, 1138 omoch, 38 seyalka olib ketildi. 
   Biroq shuni unutmaslik kerakki, ota-bobolarimiz misli ko‘rilmagan azob-uqubatlar va talofatlar hisobiga butun insoniyat boshiga tushgan ofatni bartaraf qilishga ulkan hissa qo‘shib, jahon tarixida o'chmas iz qoldirishdi. 
   Mustaqillik sharofati ila o‘sha mudhish urush yillarining azobini tortgan va tirik qolgan baxtli kishilar hayot gashtini surish sharafiga muyassar bo'ldilar. Jang maydonlarida halok  bo‘lganlarning ro‘yxatini o‘z ichiga olgan ko‘p jildlik “Xotira” kitobi chop etildi. Xotiramaydonida ajoyib majmua qurilib, halok bo'lgan har bir insonning nomi zar harflar bilan bitildi.
   O‘ylaymanki, Birinchi va Ikkinchi jahon urushlari keltirgan dahshatli oqibatlar, umuman urush fojiasi haqidagi mulohazalarimiz hozirgi avlodlar uchun foydadan xoli bo‘lmaydi. Zero, ular bilan tanishgan har bir shaxs bugun ozod yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va barqarorlikning qadriga yetishi kerak.
фильмы бесплатно





YOPISH