Axmedov Mirzokir Xakimovich

    Xorijiy Oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturini muvofiqlashtiruvchi bo‘limi boshlig'i

   Telefon: 0-371-253-57-59
   Faks:       0-371-253-57-59
   Elektron pochta: TITLP-RUEC@mail.ru

   Qabul kunlari: Har kuni soat 15-00dan 17-00gacha
  • Bo'lim haqida

  • Faoliyat


2018 yil 17-18 oktyabr kunlari Toshkent shahrida ơtkazilgan “O‘zbekiston-Rossiya ta’lim Forumi” doirasida A.N.Kosigin nomidagi Rossiya davlat universiteti, Ivanovo davlat politexnika universiteti, Don davlat texnika universiteti va Kostroma davlat universitetlari bilan shartnomalar imzolangan. Ushbu tuzilgan shartnoma (Bitim)larda Toshkent tơqimachilik va yengil sanoat instituti bazasida qo‘shma dastur asosida kadrlar tayyorlash, “To‘qimachilik texnologiyasi va matbaa” qo‘shma fakul’tetini tashkil etish, A.N.Kosigin nomidagi Rossiya davlat universitetida “Rossiya-O‘zbekiston ta’lim markazi” faoliyatini yo‘lga qo‘yish, Ivanovo davlat politexnika universitetida “Rossiya –O‘zbekiston qo‘shma fakul’teti”ni tashkil etish, Don davlat texnika universiteti huzurida nomzodlik (PhD) dissertasiyalarini himoyasini o‘tkazadigan qo‘shma ihtisoslashgan Kengash tashkil etish ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 2018 yil 17 sentyabrdagi 9-son bayonnomasi, 6-bandiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohatlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g’risida” 2018 yil 5-iyundagi PQ-3775-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan TTYeSIga 2018/2019 o‘quv yili qabuli uchun xorijiy OTM lari bilan qơshma ta’lim dasturlari asosida bakalavr va magistrlar tayyorlash bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha qabul kvotalari tasdiqlangan bo‘lib, unga ko ‘ra A.N.Kosigin nomidagi Rossiya davlat universiteti bilan qo‘shma ta’lim dasturlari asosida “5320900- Yengil sanoat buyumlari konstrusiyasini ishlash va texnologiyasi (to‘qima)” hamda “5311000- Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha)” bakalavriyat ta’lim yo‘nalishlari shakllantirildi.
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 2018 yil 5 oktyabrdagi 11-son bayonnomasi bilan tasdiqlangan 2-ilovasiga asosan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti hamda A.N.Kosigin nomidagi Rossiya davlat universiteti qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida “5320900- Yengil sanoat buyumlari konstrusiyasini ishlash va texnologiyasi (to‘qima)” va “5311000- Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bơyicha)”ga talabalar o‘qishga tavsiya etildi.
O‘quv jarayoni A.N.Kosigin nomidagi Rossiya davlat universitetining bakalavriyat t’'lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda ikki tomonlama tasdiqlangan integrallashgan o‘quv reja va ishchi ơo‘uv dasturlari asosida tashkil etildi. Ikki tomonlama diplom berishni nazarda tutilgan o‘quv rejaga ko‘ra o‘quv jarayoni 1 va 2 bosqichda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida, 3 va 4 bosqich esa hamkor xorij universitetida tashkil etiladi.


Respublika iqtisodiyotining real sektori tarmoqlari uchun muhum ilmiy-texnik vazifalarni hal qilishga qodir bo‘lgan to‘qimachilik, yengil sanoat, charm-mo‘yna va matbaa sohalariga oid muhandislik texnologiyasi, kompyuter ilmlari, texnologiyalar menejmenti, ekotexnologiya, innovatika va smarttexnologiyasi bo‘yicha bakalavr va magistr darajasidagi malakali kadrlarni, ilmiy, ilmiy-pedagogik kadrlarni halqaro ta’lim standartlari darajasida tayyorlash;
-malakali va ilmiy kadrlar tayyorlash tizimini ilm-fan va ishlab chiqarishning uzviyligi hamda uzluksizligi, shuningdek, jahon ta’lim va ilmiy hamjamiyatiga integrasiyalashish asosida rivojlantirish;
-institut talabalari, magistrantlari, doktorantlari va professor-o‘qituvchilari bilan integrasiyalashgan dasturlar asosida o‘zaro almashuvlarini yo‘lga qo‘yish;
-ta’lim va ilmiy-texnik sohalarda hamkor xorij universitetlarning yetakchi olimlarini, professor-o‘qituvchilarini fakul’tetning ta’lim va ilmiy-tadqiqot jarayonlariga muntazam ravishda jalb etish;
-manfaatli yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy sohada hamkorlik ishlariga ko‘maklashish;
-magistrantlar, doktorantlar va professor-o‘qituvchilarning ilmiy va pedagogik salohiyatini yuksaltirishni hamkor xorij universitetlar bazasida ilmiy stajirovka va malaka oshirish mexanizmlari orqali amalga oshirish;
-oliy ta’limning o‘zaro manfaatdor yo‘nalishlari bo‘yicha akademik mobillikni va parallel ta’lim olishni yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish;
-hamkorlikda ilmiy-amaliy simpozium, seminar, konferensiyalarni tashkil etish, ilmiy grant loyihalari va ta’lim dasturlarini tashkil etish;
-institut va hamkor xorij universitetlarning professor-o‘qituvchilarining ilmiy rahbarliklarida magistrlik va doktorlik dissertasiya ishlarini tayyorlash;
-ta’lim va ilmiy-texnik sohalarda xorijiy mamlakatlarning yetakchi ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari, ishlab chiqarish tarmoqlari hamda biznes-hamjamiyatlari bilan uzoq muddatli aloqalarni o‘rnatish, rivojlantirish va mustahkamlash.

YOPISH