Murodov Toxir Baxromovich

   Ta’lim sifatini nazorat qilish bо‘limi boshli'gi

   Telefon: 0-371-253-253-08-69
   Faks:       0-371-253-08-69
   Elektron pochta: T.Murodov@mail.ru

   Qabul kunlari: Har kuni soat 15-00dan 17-00gacha
  • Bo'lim haqida

  • Tadbirlar

О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 iyuldagi “О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish tо‘g‘risida”gi 515-son qarorining 14-bandiga muvofiq Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat institutida Ta’lim sifatini nazorat qilish bо‘limi tashkil etilgan. Bо‘limning asosiy maqsadi institut talabalari bilimlarining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini о‘rganib borish, tahlil qilish, kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish, institutni ichki attestatsiyadan о‘tkazishni tashkil etish va uning natijalari bо‘yicha ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish va oldini olish choralarini kо‘rishdan iborat. Bо‘lim amalga oshirilgan ishlar, muammolar va kamchiliklar tо‘g‘risidagi ma’lumotlarni muntazam ravishda TTESI rektori hamda Davlat inspeksiyasiga taqdim etadi.


Ta’lim yо‘nalishlari va mutaxassisliklarning davlat ta’lim standartlari (DTS), malaka talablari, о‘quv rejalari va fan dasturlari bilan ta’minlanganligini tahlil etish va ularni ekspertiza qilish; Institutda ta’lim jarayoni sifatini, uning о‘quv adabiyotlari va о‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlanganlik darajasini о‘rganish; ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash; attestatsiya, ta’lim sifatini о‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda institutda aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni о‘z vaqtida bartaraf etilishi ustidan nazorat о‘rnatish; ta’lim sifatini belgilovchi kо‘rsatkichlarning holatini monitoring qilish va aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan tegishli tarkibiy tuzilmalarga takliflar berish; institutning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, bо‘lim, markaz, akademik litsey) pedagog xodimlarning kasbiy malakasi holatini, shuningdek oliy о‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yо‘nalishlaridagi sifat darajasini aniqlash maqsadida ichki monitoringni о‘tkazish, tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash, aniqlanagan kamchilik va muammolarni bartaraf etish bо‘yicha institut rahbariyatiga takliflar kiritish; institut professor-о‘qituvchilari tayanch ma’lumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qilish yoki ularning tegishli qayta tayyorlashdan о‘tganligini yoki mos ixtisoslik bо‘yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini о‘rganish va xulosalarni institut rektoriga ma’lum qilish; institutning о‘quv jarayoni, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-uslubiy ishlar rejalarining bajarilishini monitoring qilish; ta’lim jarayoni moddiy-texnik bazasi holatini tahlil qilish, uni rivojlantirish va takomillashtirish bо‘yicha takliflar berish; institutda talabalar amaliyotining ta’lim yо‘nalishlari va mutaxassisliklarni inobatga olingan holda tashkil etilganligini va uning samarasini nazorat qilish; talabalar bilimini baholash jarayonini tahlil qilish asosida reyting ballarining xolisligini, shaffofligini va sifat darajasini baholash; institutdagi ijtimoiy muhit, kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini о‘rganish maqsadida doimiy ravishda talaba, ota-ona, professor-о‘qituvchi va kadrlar iste’molchilari о‘rtasida ijtimoiy sо‘rovlar о‘tkazish; institut reytingini xalqaro darajaga kо‘tarishga qaratilgan chora-tadbirlarni oliy ta’lim muassasasi rahbariyati bilan birgalikda ishlab chiqish va uni ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etish; institut tegishli tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlikda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan о‘quv seminarlari va treninglarni о‘tkazish; Institutda jamoatchi ekspertlar bazasini shakllantirish va ular bilan qо‘yilgan vazifalar doirasida seminar mashg‘ulotlarini muntazam ravishda о‘tkazib borish; о‘quv jarayoni bilan ishlab chiqarish о‘rtasidagi integratsion hamkorlik, innovatsion g‘oyalar, ishlanma va texnologiyalarning amaliy tadbig‘i masalalari monitoringini yuritish.

YOPISH