Nabiev Nabijon Donyorovich

   Tashqi aloqalar bo'limi bo'lim boshlig'i

   Telefon: 0-371-253-63-15
   Faks:       0-371-253-63-15
   Elektron pochta: titli.foreign@gmail.com

   Qabul kunlari: Har kuni soat 9-00dan 17-00gacha
  • Bo'lim haqida

  • Faoliyat

Ma'lumki, bugungi kunda har bir oliy ta'lim muassasasi uchun horijiy universitetlar hamda ilmiy tekshirish institutlari bilan hamkorlik qilish mamlakat iqtisodiyoti uchun yuqori malakali va raqobatga bardoshli kadrlarni tayyorlashda dolzarb ahamiyat kasb etadi. Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti ham bir qator horijiy ta'lim muassasalari, ilmiy tekshirish institutlari va kompaniyalar bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatgan. Ushbu kelishuvlar asosida professor-o'qituvchilar va talabalarni Italiya, Shvetsariya, Koreya Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Portugaliya, Gretsiya, Germaniya, Belgiya, Rossiya, Qozog'iston, Tojikiston kabi mamlakatlarning oliygoqlariga qisqa va uzoq muddatli safarlarga yuborilishi yo'lga qo'yilgan. Bundan tashqari, institutda malakali kadrlar tayyorlash jarayonini yanada jadallashtirish maqsadida chet eldan taklif etiladigan professorlar va mutahassislar ishtirokida institut hodimlari va talabalari uchun seminar, trening va ma'ruzalar doimiy ravishda tashkil etiladi.


Bugungi kunda institut 30 dan ortiq chet el universitetlari va tashkilotlari, xususan Ghent University (Belgiya), University of Porto (Portugaliya), Donghua University, Wuhan Textile University (Xitoy), Technical University of Dortmund (Germaniya), University of Piraeus (Gretsiya), Milan Polytechnic University (Italiya), JoongBu University, KITECH, KOFOTI (Koreya Respublikasi), JICA (Yaponiya) va boshqalar bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatgan. Bundan tashqari, institutda Еvropa Ittifoqining Tempus, Erasmus Mundus, Erasmus+ kabi dasturlari doirasida bir qator loyihalar amalga oshirilib kelinmoqda. 2018-2018 o'quv yilida:
- 17 hamkorlik shartnomasi imzolangan.
- 40 dan ortiq professor-o'qituvchilar horijiy mamlakatlarda tashkil etilgan konferensiya, seminar, yozgi maktab va boshqa tadbirlarda ishtirok etdilar.
- 18 nafar horijiy mutahassis va professor-o'qituvchilar institutda bo'ldilar va master klass, treyning hamda dars o'tishdi.
- 20 nafar talaba horijda ko'rgazma va yozgi maktablarda ishtirok etdi.
- 50 ga yaqin horijiy talaba institutda malaka oshirish, amaliyot va yozgi maktab dasturlarida ishtirok etishdi.

YOPISH