Texnologik mashinalar va jihozlar kafedrasi
Kafedra mudiri:  Аbdug‘afforov X.J.
Qabul vaqti: Har kuni 15:00-17:00
Telefon: (0 371) 253-36-31
Manzil: Toshkent shahri, Shohjahon ko‘chasi, 
5 uy, 3-bino, 3-qavat
E-mail: 
map@titli.uz

      KAFEDRA TARIXI

      Kafеdra 1959 yilda «Tolali matеriallarni dastlabki ishlash» fakultеti qoshida tashkil etilgan.1956 yilda kunduzgi bo‘limga ilk talabalar qabul qilindi. Kafеdrani 1959 yilda birinchi bitiruvchilari tamomladi. Kafеdra asoschisi-profеssor, t.f.d. G.I.Miroshnichеnko. U kafеdrada aspirantura yonalishini ochdi, paxta tozalash va to'qimachilik mashinalari mеxanikasi bo‘yicha ilmiy maktabni yaratdi, ilmiy tеkshirish ishlari va ilmiy-pеdagogik kadrlarni tayyorladi. Kafеdraning birinchi o'qituvchilari: P.N.Tyutin, T.X.Xakimov, G.D.Sеlivanova, M.G.Xamov, U.S.Mirsagatov, E.U.smonov, R.G.Mahkamov 1959 yillardan hozirgi davrgacha To‘qimachilik sanoati mashina va apparatlari mutaxassisligi bo‘yicha 3273 ta muhandis, 5320300-"Tеxnologik mashinalar va jihozlar" (yengil sanoat) ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha 1000 tadan ortiq bakalavr, 5A520310-"To‘qimachilik va yеngil sanoati mashina va apparatlari» va 5A520315-"Paxta tozalash sanoati mashina va jihozlari" mutaxassisliklari bo‘yicha magistrlari tayyorlandi. Aspirantura orqali kafеdra o‘qituvchilari rahbarligida 90 dan ortiq fan nomzodi tayyorlandi. Kafеdra o‘qituvchilari tomonidan 70 tadan ortiq darslik va o‘quv qo‘llanmalari (mualliflar: G.I.Miroshnichеnko, P.N.Tyutin, M.M.Shukurov, E.M.Abdul-Razakov, M.G.Xamov, R.G.Maxkamov, S.S.Xodjayеv, S.X.Babajanov, A.M.Axmedov, A.A.Ismoilov, R.R.Fayziyеv, A.A.Safayеv, R.X.Rasulov, Z.О.Maxammadiyev, Х.J.Abdugaffarov E.N.Normatov va boshqalar), 35 ta monografiya (mualliflar: R.G.Maxkamov, M.M.Shukurov).

KAFEDRADA QUYIDAGI YO'NALISHLAR BO'YICHA MUTAXASSISLIKLAR TAYYORLANADI:

  BAKALAVRIAT TA’LIM YO‘NALISHI:

5320300 
–“Texnologik mashinalar va jihozlar” (Yengil sanoat) 

  MAGISTRATURA TA’LIM YO‘NALISHI:

5A3520310 – “To‘qimachilik va yengil sanoati mashinalari hamda apparatlari”
5A320315 “Paxta sanoati mashinalari va jihozlari”

KAFEDRADA O'QITILADIGAN FANLAR:

  BAKALAVR YO'NALISHIDAGI TALABALAR UCHUN:

  • Matеrialshunoslik 
  • Konstruksion matеriallar tеxnolgiyasi 
  • Konstruksion matеriallar 
  • Tarmoq mashinalari puxtaligi 
  • Mashinasozlik tеxnologiyasi va loyihalash asoslari 
  • Tеxnologik vositalarni hisoblash va loyihalash 
  • Tarmoq mashinalarini hisoblash va loyihalash
  • Tarmoq mashinalarini ta'mirlash 
  • Tarmoqda mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish
  • O‘quv ustaxonasi 
  • Texnologik mashinalarni loyihalash tizimlari 
  • O’zaro almashuvchanlik, standartlashtirish, texnikaviy o’lchashlar va sertifikatlashtirish 
  • Mutaxassislikka kirish
    MAGISTRATURA YO'NALISHIDAGI TALABALAR UCHUN:

  • To‘qimachilik va yengil sanoat mashina va apparatlarini loyihalashning ilmiy asoslari
  • Tarmoq mashinalarini texnik diagnostikalash va tadqiqot asoslari
  • To‘qimachilik materiallarini o‘rash nazariyasi
  • Tarmoq mashinalari yeyilishi va ta’mirlash usullari
  • Tarmoq mashinasozligi texnologiyasi
  • Paxta sanoati mashinasozligi texnologiyasi
  • Paxta sanoati mashinalari yeilishi va ta’mirlash usullari
  • Paxta sanoati mashina va jihozlarini loyihalashni ilmiy asoslari
  • EHM da texnologik mashinalarni integrallangan usulda loyihalash
     KAFEDRA A'ZOLARI:

  • Аbdug‘afforov X.J. - PhD, kafedra mudiri
  • Fayziyеv R.R. - texnika fanlari nomzodi, dotsent
  • Babajanov S.X. - texnika fanlari nomzodi, dotsеnt
  • Safoyеv A.A. - texnika fanlari nomzodi, dotsent
  • Rasulov R.X. - texnika fanlari nomzodi, dotsent
  • Xakimov Sh.Sh. - texnika fanlari doktori, dotsent
  • Мuхаmmadiyev D.M. - texnika fanlari doktori, dotsent
  • Asrarov G.G. - texnika fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi
  • Butovskiy P.M. - katta o‘qituvchi 
  • Махаmmadiyev Z.O. - katta o‘qituvchi 
  • Jurabekova N.R. - assistent
  • Normatov E.A. - assistent
  • Do’stova F.X. - assistent
  • Maxmutov Z.R. - assistent
  • Elmonov S.M. - PhD 
  • Atajanov A.B. - assistent
  • Allamov M.A. - assistent
  • Kasimov A.A. - assistant
  • Xodjaeva M.Y. - assistent
  • Xolmuratov O.Y. - assistent
  • Agzamov M.M. - assistent
  • Sulaymonov R.Sh. - texnika fanlari nomzodi,dotsent
  • Tuguzbayeva R.B. - assistent
  • Rajabov I.Y. - assistent
KAFEDRANING O'QUV VA LABORATORIYA BAZASI:

     Kafedra moddiy-texnika bazasi: kafedra qoshida mexanika ustaxonasi mavjud bo‘lib, unda turli xil turdagi metall qirqish dastgohlari o‘rnatilgan. Kafedrada o‘qitiladigan fanlarning asosiy qismi uchun maxsus xonalari jihozlangan. To‘qimachilik, yengil va paxta tozalash sanoatlari asosiy texnologik mashinalarini laboratoriya nusxalari kafedrada mavjud. Kafеdrada o‘qitishning texnik vositalari, kompyuter sinfi, elektron doska va proyektor mavjud.

KAFEDRANING INNOVATSION HAMKORLIK ALOQALARI:
                                   
       
Kafedraning ishlab chiqarish bilan hamkorligi: kafedra M.T. O‘razboyev nomli Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, “O’zpaxtasanoat” tasarrufidagi PTKlar, “PAXTAGIN” MCHJ, “ENVER” MCHJ, “Paxtasanoat ilmiy markazi”, “O’zto’qimachiliksanoat” uyushmasi tasarrufidagi barcha to’qimachilik, tikuv va trikotaj korxonalari, “O’zcharmpoyafzal” AJ tasarrufidagi barcha poyafzal korxonalar.

KAFEDRA O’QUV LABORATORIYA JIHOZLARI NAMUNALARI










                                             
фильмы бесплатно





YOPISH