Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi

Kafedraning to`liq nomi: "Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi" kafedrasi
Tashkil topgan yili: 1952 y.
Manzil: Toshkent shahri, Shohjahon ko’chasi, 5 uy, 8-bino
Tel: (+998971) 253-65-58
E-mail: titli.uz  
KAFEDRA TARIXI


      "Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi" kafedrasi 1952 yil Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti qoshida tashkil etilgan.
Kafedraga dotsent A.Ya.Izmestyeva (1956-1959), dotsent M.Sh.Jabborova (1960-1962), A.K.Kravchinskiy (1962-1966),  dotsent V.G.Chursina (1966-1973), dotsent E.U.Sobirov (1973-1978), dotsent X.X.Samarxodjaev (1978-2002),  dotsent Z.SH.Tadjibayev (2002-2004), dotsent L.SH.Shamuxitdinova   (2004-2006), (2006-2014) dotsent M.K.Rasulova rahbarlik qilganlar.
Ular tomonidan yaratilgan darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va ilmiy ishlanmalar hozirgi kungacha o‘qituvchilar va talabalar tomonidan foydalanib kеlinmoqda.
2014 yildan kafedraga t.f.d., dotsent M.А.Маnsurova rahbarlik qilmoqda. Hozirda kafedrada 3 nafar professor, texnika fanlari doktori;  3 nafar dotsent, texnika fanlari nomzodi; 1 nafar katta o‘qituvchi, texnika fanlari nomzodi; 5 nafar katta o‘qituvchi; 11 nafar assistеnt  faoliyat ko‘rsatmoqda.
KАFЕDRАDА TAYYORLANADIGAN YO‘NALISH VA MUTAXASSISLIKLAR
Kаfеdrаdа  5320900 - "Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi" va 5111000-Kasb ta’limi (5320900 - "Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi") ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar  va 5A320902 - “Tikuv buyumlari texnologiyasi va konstruksiyasini ishlash” mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlanadi.
KAFEDRADA O‘QITILADIGAN FANLAR
BАКАLАVR TА‘LIM YO‘NАLISHI BO’YICHА:  MАGISTRАTURА MUTАХАSISLАRI BO‘YICHА:
1. Tikuv buyumlarini konstruksiyalash
2. Tikuv buyumlari texnologiyasi
3. Tikuv buyumlari ishlab chiqarish jihozlari
4. Tikuv buyumlari ishlab chiqarish jarayonlari asoslari
5. Tikuv buyumlari ishlab chiqarish jarayonlarini kimyolashtirish
6. Tikuv buyumlarini loyihalashning  avtomatlashtirilgan sistemasi
7. Texnologik jarayonlarni loyihalash
8. Antropologiya
9. Texnologiyaga kirish
10. Ustaxona
11.   Tikuv buyumlarini konstruksiyalash, texnologiyasi ishlab chiqarish jihozlari (charm va mo’yna buyumlari)

 
1. Tikuv buyumlari texnologiyasi nazariy asoslari
2. Tikuv buyumlarini loyihalash nazariy asoslari
3. Tikuv buyumlarini ishlab chiqarish korxonalarini loyihalash
4. Kiyim gigiyenasi

________________________________________
             INNOVASTION HAMKORLIK KAFEDRA A`ZOLARI
Kafedra bitiruvchilari birgina mamalakatimizda emas, balki MDH mamalakatlari, shuningdek, Polsha, Bolgariya, Моngoliya, Pokiston, Nigeriya, Turkiya, Kuba, Laos kabi davlarda ham samarali faoliyat yuritib kelmoqdalar.
Kafedrada  “O’zto’qimachilik” uyushmasiga qarashli tikuv va tikuv-trikotaj korxonalari, xususiy va qo’shma korxonalar, xususiy va qo’shma korxonalar, ilmiy-tekshirish institutlari va boshqa Oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik integratsiyasini yanada chuqurlashtirish  maqsadida ta’lim, fan va ishlab chiqarish o’rtasidagi o’zaro innivatsion korporativ hamkorlik bo’yicha 60 ga yaqin ishlab chiqarish korxonalari bilan shartnomalar tuzilgan va ulardagi ilmiy-texnik muammolarni yechish bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlari, magistrlik dissertatsiyalari, diplom va kurs loyiha ishlari bajarilmoqda.
O’quv rejaga asosan  talabalar ishlab chiqarish korxonalarida o’quv, tanishuv bilan ishlab chiqarish amaliyoti,  malaka amaliyotlari va bitiruv oldi amaliyotlarini o’taydilar. Amaliyotlarni har bir keyingi bosqichi talabalarning bilim va ko’nikmalarini yanada chuqurlashtirishga mo’ljallangan.
M.A. Bobojonova O’zbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlar malakasini oshirish Iste’dod jamg’armasi dasturi bo’yicha malaka oshirgan.
Dots. M.K. Rasulova London moda kolledjida malakasini oshirib, Britaniya kengashi yordamida INSPIRE (oily ta’lim bilan hamkorlikda) dasturi asosida London kolledji bilan institut o’rtasida tuzilgan hamkorlik loyihasining asoschisi bo’ldi.
Kafedra olimlari Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston mamlakatlaridagi yengil sanoat sohasiga tegishli oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.    
KITECH dasturi asosida O’zbekiston-Koreya to’qimachilik o’quv tadqiqot texnoparkini barpo etish loyihasi bo’yicha 2016 yilda Koreya Respublikasida M.A. Mansurova va N.M. Artikbayevalar, 2017 yilda      D.X.Isayeva hamda                          M.A. Shomansurova va                            M.A. Bobojonovalar tikuv-dizayn yo’nalishi bo’yicha malakasini oshirdilar.                                                                                                                                                                                                                
Kafedrada bitta innovatsion guruh mavjud. Innovatsion guruh tarkibi 22 nafar professor o’qituvchi, korxona rahbarlari,magistrlar va iqtidorli talabalaridan iborat. Innovatsion guruhning yillik ish rejasi mavjud bo’lib,har oyda bir marotaba yig’ilish o’tkazadi. 2017 yil “Yilning eng yaxshi innovatsion guruhi” tanlovida 4-o’rin egallandi.  
Kafedrada 2017 yilning sentyabr-oktyabr oylarida 12 nafar ishlab chiqarish korxonalari bilan shartnomalar tuzildi. Hozirgi kunga qadar 40 ziyod korxonalar bilan hamkorlik shartnomalari mavjud.
Kafedrada S.Sh.Tashpulatov rahbarligida OT-A3-63 “Resurstejamkorlik asosida tikuv buyumlariga polimer kompozitsiya bilan ishlov berish texnologiyasini yaratish” va OT-A3-35 M.А.Маnsurova rahbarligida “Ish unumini oshiradigan, resurstejamkor, tikish sifatini ta’minlaydigan tikuv mashinasi yuritmasi konstruktsiyasini ishlab chiqish va hisoblash metodlari” mavzularidagi davlat granti bo’yicha izlanishlar olob borilgan.
Shu bilan birga 7/2017-“Разработка новой спецодежды для работников охранной структуры” nomli xo’jalik shartnomasi bo’yicha yo’nalishlar olib borilgan. 5/2018-“Erkaklar maxsus ich kiyimiga ishlatiladigan materiallarni sarf me’yorini asoslash va texnik shartlarini yaratish” nomli Qashqadaryo Istiqboli Yo’lida korxonasi bilan xo’jalik shartnomasi tuzilgan. Hozirda “Форма для волейболисток” nomli xo’jalik shartnomasi rejalashtirilgan.
Kafedra talabalari xo’jalik shartnomalari va ilmiy-tadqiqot ishlarida ishtirok etadilar. Ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari ishlab chiqarishga tadbiq etiladi. Kafedra qoshida “Texnolog” ilmiy to’garagi mavjud. To’garak rahbari D.X.Isayeva. Kafedrani iqtidorli talabalari Xalqaro fan tanlovlarda 5 nafar talaba, Respublika nufuzli tanlovlarida 25 nafar talaba, Respublika fan olimpiadalari va nufuzli tanlovlarda 3 nafar talaba diplom va sertifikatlar bn taqdirlanganlar. Bundan tashqari har yili o’tkaziladigan “Bolajonlar shirintoylar” va “Toshkent moda haftaliklari” festivallarida kafedra a’zolari hamda talabalar faol qatnashib diplom va sertifikatlarga ega bo’lib kelmoqdalar. Kafedraning iqtidorli talabalari orasida Davlat stipendiyasi va nomdor stipendiyat  g’oliblari mavjud.
 1.M.А.Маnsurova.-Kafedra mudiri t.f.d.,dotsent
2. Tashpulatov S.Sh.-t.f.d., professor
3. Nigmatova F.U.- t.f.d., professor
4. Samarxodjayev X.X.- t.f.n., dotsent
5. M.K.Rasulova -t.f.n., dotsent
6.  Bobojonova M.A.-t.f.n., katta o‘qituvchi
7. Alimuxammedova  B.G.-katta o‘qituvchi
8.  Isayeva D.X.-katta o‘qituvchi
9. Isaeva M. X. – katta o‘qituvchi
10. Ulkanboyeva G.D - katta o‘qituvchi
11. Artikbayeva N.M - katta o‘qituvchi
12. Shomansurova M.A.- assistent
13. Umarova M.Yu. - assistent
14. Abdullaxodjayeva Z.A.- assistent  
15. Bahriddinova D.A.- assistent
16. Mirzanazarova D.- assistent
17. Do’smuxammedova M. – assistent  
18. Aydarkulova K.A.- assistent  
19. Xayrullayeva M.-kabinet mudiri
20. Xodjaeva K.T. – o’quv ustasi
21. Muxammedova G.X.- laborant


            KAFEDRANING MODDIY-TEXNIK BAZASI
Kafedra qoshida 3 ta tikuv laboratoriyasi va Yaponiya firmasining CAD CAM - kiyimni loyihalashtirishning avtomatlashtirilgan tizimi bilan jihozlangan auditoriya mavjud bo‘lib, talabalar kurs loyiha ishi, diplom ishi, bitiruv malakaviy  ishi va magistrlik dissertatsiya ishlarini, hamda mustaqil ishlarni bajarishda foydalanadilar.

фильмы бесплатно





YOPISH