To‘qimаchilik matolari tехnоlоgiyasi kafedrasi

Kafedraning to`liq nomi: "To‘qimаchilik matolari tехnоlоgiyasi " kafedrasi
Tashkil topgan yili: 1932 y.
Manzil: Toshkent shahri, Shohjahon ko‘chasi, 5 uy, 2-bino
E-mail:  uztextile@gmail.com
                      KAFEDRA TARIXI.
   Kafedra “To’quvchilik” nomi bilan 1935-yil Moskvadan yo’llanma bilan kelgan t.f.n. dotsent 40 yilga yaqin kafedra mudiri lavozimida faoliyat ko’rsatgan ko’plab shogirdlarning ustozi Faina Stepanovna Kungurtseva rahbarligida o’z faoliyatini boshlagan. Keyinchalik kafedrani 1970-1971 yillarda dotsent Z.A.Abdullayev, 1971-1982 yillarda professor E.SH.Alimbayev, 1982-1990 yillarda dotsent B.I.Getsonok, 1990-1998 yillarda dotsent S.S.Raximxodjayev, 2001-2004 yillarda professor A.D.Daminov, 2004-2006 yillarda dotsent B.K.Xasanov, 2006-2007 yillarda dotsent B.Boymurodov, 2008-2010 yillarda dotsent M.R.Yunusxodjayeva, 2010-2012 yillar kafedrani dotsent U.T.Abdullayev boshqardilar.
Kafedra o’z faoliyati davomida o’quv jarayonini tashkil etish bilan bir qatorda mutaxassislarga tarbiyaviy va ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish ko’nikmalarini o’rgatish bilan ham shug’ullangan.
Kafedra mutaxassislik kafedralari sirasiga kirgani uchun ham uning faoliyati Respublika to’qimachilik sanoatining rivojlanishi bilan bog’liqdir.
O’tgan asrning 40-50-yillarida kafedrada mutaxassislarni tayyorlash ancha kengayib, nafaqat qo’shni Respublikalar, balki Armaniston, Ozarbayjon, Moldaviya va shu kabi boshqa davlatlar uchun ham mutaxassislar tayyorlangan. 80-yillarga kelib esa kafedrada V’etnam va Kuba Respublikalari uchun maqsadli yuqori malakali mutaxassislar tayyorlangan. Aynan shu davrda institutda tayyorlangan mutaxassislar Tojikistonda barpo etilgan Dushanbe to’qimachilik, Qozog’istonda tashkil etilgan Olma-ota ip gazlamalar kombinatiga yo’llanma olishgan. Kafedra faoliyatining dastlabki yillarida   bitirgan mutaxassislar yetuk korxona rahbarlari bo’lib yetishdilar. Ular jumlasiga institutimizning birinchi rektori, keyinchalik Toshkent to’qimachilik kombinati direktori bo’lgan dots. Z.A.Abdullayevni kiritish mumkin.
Shu bilan bir qatorda, kafedrada tahsil olgan yoshlarimizdan nafaqat yirik mutaxassislar, olimlar, shuningdek, siyosiy-ijtimoiy rahbarlar yetishib chiqqan. Ular Respublika Oliy Kengashi deputatlari X.N.Lukmanov va F.Akromovlar 1991 yilda Respublikamizni mustaqil deb e’lon qilinishida Oliy Kengash Majlisida qatnashganliklari va ushbu tarixiy voqeaga o’z hissalarini qo’shganliklari bilan faxrlanamiz.
2011-2012 o’quv yilida “To’quvchilik texnologiyasi» (1935 yilda tashkil topgan) va «Trikotaj ishlab chiqarish texnologiyasi» (1968 yilda tashkil topgan) kafedralari  birlashtirilib,  unga «To’qimachilik matolari texnologiyasi» nomi berildi. 2012 yildan Kafedra mudiri etib  dots. D.N.Qodirova tayinlandi.
                    ILMIY YO`NALISHLAR

 Prof. Mukimov M.M. Trikotaj to’qimalarining yangi turlarini yaratish, xususiyatlarini tadqiq qilish va resurstejamkor texnologiyalarni asoslash. Paxta-ipakli trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi
Prof. Siddiqov P.S. Abrli to’qimalarning yangi assortimentini yaratish.
Dots. Raximxodjayev S.S. Berilgan xossalari bo’yicha poyabzalbop to’qimalar yaratish.
Dots. Каdirova D.N. Tashuvchi tasmalar ishlab chiqarish texnologiyasi va yangi assortimentlarini yaratish. Gilam mahsulotlati texnologiyasi.
Dots. Baymuratov B.X. Elektr o’tkazuvchan to’qimalar ishlab chiqarish texnologiyasi.
Dots.Xanxadjayeva N.R. Naqshli trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi.

       KADRLAR TAYYORLASHDAGI YO’NALISH VA MUTAXASSISLIKLAR KAFEDRA A`ZOLARI
Kafedrada 5320900 – “Yengil sanoat mahsulotlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi” bakalavriat yo’nalishida, magistraturada to’quvchilik va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish tarmoqlari uchun5A320904 – “To’qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasi” hamda 5A320906 – “To’qimachilik sanoati mahsulotlarini badiiy loyihalash” mutaxassisligi tayyorlanmoqda.

    Kafedrada o’qitiladigan fanlar

5320900 – “Yengil sanoat mahsulotlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi” bakalavriat yo’nalishi bo’yicha 6 ta, magistraturada to’quvchilik va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish tarmoqlari uchun 5A320904 – “To’qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasi” mutaxassisligi bo’yicha 11 ta,5A320906 – “To’qimachilik sanoati mahsulotlarini badiiy loyihalash” mutaxassisligi bo’yicha 6 ta fanlardan ta’lim beriladi.    
Ular jumlasiga quyidagi mutaxassislik fanlari kiradi:
•     Texnologik jarayonlarni loyihalash;
•     To’qimachilik mahsulotlari texnoloyasi va jihozlari;
•    Tadqiqot uslub va vositalari;
•    Maxsus texnologiya;
•     O’zbekiston korxonalari jihozlari va texnologiyasi;
•    Kasbiy mahorat va muxandislik ish yuritish;    
•    Texnika texnologiya yangiliklari;
To’qimachilik matolarini ishlab chiqarish   texnologiyasi;
•    Noto’qima materiallar texnologiyasi;
•    To’qimachilik korxonalarini loyihalash;
•    To’qimachilik korxonalari jihozlari;    
•    To’qima hosil qilish jarayonlari nazariy asoslari;
•    To’qima tuzilishi nazariyasi;
Tadqiqotning ilmiy asoslari va texnologik jarayonlarni muqobillash (to’qima texnologiyasi);
To’qima loyihalashning zamonaviy usullari (to’qima texnologiyasi);
•    To’quvchilik jarayonlarini avtomatik loyihalash tizimi;
•    Trikotaj mahsulotlarini tikish texnologiyasi;
•    Xom ashyo tejash texnologiyasini nazariy asoslari;        
•    Naqsh hosil qilish nazariy asoslari;      
•    Trikotaj mahsulotlarini avtomatik loyihalash tizimi;  
•    To’qimachilik matolari dizayni asoslari;  
•    To’qima tuzilishi, bezash va shakllantirish nazariyasi;    
Tadqiqotning ilmiy asoslari va texnologik jarayonlarni muqobillash;  
 1.     Qodirova Dilfuza Neymatovna -kafеdra mudiri, dotsеnt
2.     Mukimov Mirabzal Mirayubovich - profеssor
3.     Siddiqov Pathillo Siddiqovich - profеssor
4.     Hanhadjaeva Nilufar Rahimovna - dotsеnt
5.     Abdullaev Ulug‘bek Tulanboyevich dotsеnt
6.     Hasanov Bahadirjon Kimsanovich dotsеnt
7.     Rahimhodjaev Saidvaris Saidgaziyevich - dotsеnt
8.   Baymuratov Bahodir Holdorovich - dotsеnt
9. Yunusov Kamoliddin Zunnunovich  - dotsеnt
10.   Uzokova Umida Raximdjanovna - katta o‘qituvchi
11.   Nazarova Dilrabo Tolibjanovna - assistеnt
12.   Sodikova Naima Rahmatovna - dotsеnt
13.   Qadirova Mapirat Alidjanovna - katta o‘qituvchi
14.   Uzokov Umid Tolibovich- assistеnt
15.   Yusupova  Nodira Baxtiyarovna - assistеnt
16.   Rasulov Xamza Yuldashyevich- assistеnt
17.   Musayeva Muxayyo Mirxotamovna – assistеnt
18. Musayev Nuriddin Muxitdinovich- assistеnt
19.   Sobirova Gulfiya Nasihovna - assistеnt 20.   Gulyaeva Gulfiya Harisovna - assistеnt 21.   Hudayberdiyeva Shaxlo Sattarovna – assistеnt
22.  Turabova Shaxnoza Furkatovna - laborant

              KAFEDRANING MODDIY-TEXNIK BAZASI.
 Kafedra o’quv laboratoriyasi eng zamonaviy dastgoh, mashina va uskunalar bilan jihozlangan. Ular jumlasiga Italiyaning elektron karetka va jakkard mashinalari bilan jihozlangan “SOMET” to’quv dastgohlari, Shveytsariyaning elektron boshqaruv va nazorat tizimiga ega bo’lgan “BENNINGER” tandalash mashinasi, Yaponiyuaning elektron  boshqaruv va nazorat tizimiga ega bo’lgan “MURATA” qayta o’rash mashinasi, bir ignadonli “FUKUHARA” (Yaponiya) aylana to’quv trikotaj mashinasi, ikki ignadonli “SSANGYONG” interlok mashinasi, elektron boshqaruvli “LAMBDA”(Yaponiya) paypoq to’quv avtomati. zamonaviy tikuv mashinalari “JUKI” (Yaponiya) va boshqalar kiradi.  
Kafedra laboratoriyasiga Yaponiya Davlati TOYOTA kompaniyasi homiyligida yangi TOYOTA JAT 810 pnevmatik to’quv dastgohi o’rnatildi.
KAFEDRANING ISHLAB CHIQARISH KORXONALARI BILAN KORPORATIV HAMKORLIGI.
Kafedrada korporativ hamkorlik bo’yicha innovatsion faoliyat guruhi shakllantirilgan bo’lib, uning tarkibiga professor-o’qituvchilar, vazirlik va ishlab chiqarish korxonalarining yetakchi mutaxassislari, magistratura talabalari, stajer-tadqiqotchi izlanuvchilar hamda katta ilmiy xodimlar jalb etilgan. Ta’lim-ishlab chiqarish sohasidagi barcha muammolar, jumladan:
- To’quv dastgohlarining kompyuter tizimi asosida assortiment imkoniyatlarini kengaytirish yo’llari;  
- Aralash tarkibli ko’ylakbop to’qima  tuzilishini va texnologiyasini yaratish;        
- Gigiyenik xususiyatlari yuqori bo’lgan trikotaj to’qimalarini yaratish va sifat ko’rsatkichlarini tadqiq qilish;          
- Aralash iplardan kostyumbop to’qima assortimentini loyihalash va dizaynini yaratish;                              
- Yuqori va pastki qatlam zichliklarining to’qima tuzilishi va xususiyatlariga ta’siri;
- Avrli gazlamalarni ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish va tadbiq etish;                                    
- Bolalar trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan trikotaj to’quv mashinalarini texnologik imkoniyatlarini tahlili;  
- To’quvchilikka iplarni tayyorlash jarayonini takomillashtirish orqali sifatli mahsulot ishlab chiqarish;      
- Xon-atlas to’qimasini zamonaviy to’quv dastgohida to’qish uchun texnologik parametrlarni ishlab chiqarish;    
- Ko’p qatlamli xon-atlas to’qimalarini omillarni ishlab chiqarish;      
- To`qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishda maxalliy xom ashyolardan samarali foydalanish yollari;  
- Xomashyo xususiyatlarining to`qimachilik matolarini parameter va xususiyatlariga ta`siri
kabi muammolar o’zaro korporativ hamkorlikda o’z yechimini topadi.
Bugungi kunda kafedra tomonidan to’qimachilik tarmog’ining qirqdan ortiq ishlab chiqarish korxonalari bilan korporativ hamkorlik yo’lga qo’yilgan.
Kafedraning quyidagi ishlab chiqarish korxonalari, fan va ta’lim muassasalari bilan innovatsion hamkorligi mavjud:
- «UzTEX CHIRCHIK»   MChJ QK
- «ALKIM-TEXTILE»  MChJ CHK
- «SEDAT-TRIKO TASHKENT»  MChJ QK
- «BOBO TEKS»   MChJ QK  
- «TASHTIB TEKS» MChJ QK  
-  «TASHKENT MILL TEXTILE»  MChJ QK  
- «SIRKECHI TASHTEKSTIL»   MChJ QK  
- «APITEKS»  MChJ QK  
- «Shams Teks Biznes»    MChJ QK  
- Razumovskiy K.G. nomidagi Moskva texnologiya va boshqarish davlat   universiteti
- O`zbek tabiiy tolalar ilmiy-tadqiqot institute
- «Fan va taraqqiyot» unitar korxonasi  
- Andijon mashinasozlik  instituti
- Toshkent davlat texnika universiteti  
- Toshkent avtomobil yo’llar instituti  
- Toshkent davlat pedagogika universiteti    
- Oliy va o’rta ta’limni rivojlantirish markazi
- Jizzax politexnika universiseti
- Namangan muxandislik institute
- Termez davlat universiteti
- Nukus davlat   universiteti

O`QITISHNING TEXNIK VOSITALARI
Kafedrada o’qitish jarayonida zamonaviy texnik vositalar qo’llaniladi. Kafedrada kompyuter sinfi mavjud. Dars o’tish jarayonida loyihalash va tadqiqiotlarni rejalashtirish bo’yicha elektron dasturlardan, animatsiyalardan foydalaniladi.




фильмы бесплатно





YOPISH