Xasanov Bahodirjon Kimsanboyevich

   O‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig'i

   Telefon: 0-371-253-09-14
   Faks:       0-371-253-09-14
   Elektron pochta: info@titli.uz

   Qabul kunlari: Har kuni soat 9-00dan 17-00gacha
  • Bo'lim haqida

  • Faoliyat

O‘quv-uslubiy bo‘lim-o‘quv jarayonini tashkil qiluvchi tuzilma bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalarni amalga oshirishni maqsad qilib qo‘ygan va shu asosda faoliyat olib boradi. O‘quv-uslubiy bo‘lim institut ta’lim jarayonini ilg‘or ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, asosiy o‘quv xujjatlari bilan ta’minlash, fakultet, kafedralar o‘quv ishlarida erishgan ilg‘or yutuqlarini umumlashtirish vakolatlariga ega. O‘quv-uslubiy bo‘lim talabalarni zamon talablari darajasida yetuk, malakali mutaxasis bo‘lib yetishib chiqishlari uchun zarur barcha fanlarni o‘quv jarayoniga kiritishga katta e’tibor beradi.


-Institut ta’lim jarayonini ilg‘or ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, institut tuzilmalarini davlat ta’lim standartlari va asosiy o‘quv xujjatlari bilan ta’minlash;
-Institutda o‘quv jarayonini rejalashtirish va tashkil qilish;
-Institut fakultetlari va kafedralarining o‘quv, o‘quv-uslubiy ishlarini muvofiqlashtirish;
-O‘quv jarayonini boshqarishdagi me’yoriy-uslubiy hujjatlarni doimiy takomillashtirish;
-Institut ta’limini rivojlantirish uchun istiqbolli rejalarni ishlab chiqish va institut Ilmiy kengashiga tavsiya qilish;
-Institut fakultetlari, kafedralari va tuzilmalarini o‘quv ishlarda yerishgan ilg‘or yutuqlarini umumlashtirish va institut ta’lim jarayoniga tadbiq qilish;
-Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g’risida yangi NIZOMni amaliyotga tadbiq etish;
-Talabalar davomatini tahlil etish;
-Institut professor-o‘qituvchilari va talabalarining o‘quv intizomiga rioya qilishini ta’minlash;
-Institutdagi barcha fakultetlar va magistraturada joriy, oraliq, yakuniy nazoratlarning tashkil yetish va tahlil qilish;
-Kafedra va dekanatlarda asosiy ish hujjatlarini yuritilishini ta’minlash;
-Institutda shtatlar jadvalini tuzish uchun hujjatlarni tayyorlash, o‘quv yuklamalarini bajarish yuzasidan nazoratni amalga oshirish;
-O‘rindosh va soatbay dars o‘tuvchi o‘qituvchilarning hujjatlarini rasmiylashtirish, soatbay dars fondining taqsimlanishini tashkil qilish va muvofiqlashtirish;
-Institut fakultet va kafedralarini o‘quv masalalari bo‘yicha faoliyatini o‘rganish;
-Professor-o‘qituvchilar tanlovini tashkil etish;
-O‘quv jarayoniga rivojlangan chet el tajribalarini joriy etish;
-Amaliyotlarni tashkil etish va uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlanlash;
-Akademik litsey faoliyatini o‘quv-uslubiy jihatdan muvofiqlashtirish;
O‘quv-uslubiy bo‘limda boshliq, uslubchi, inspektor, dispetcherlar faoliyat olib boradi.

YOPISH