Yigirish texnologiyasi kafedrasi
Kafedra mudiri: Fayzullaev Sh.R.
Qabul vaqti: Har kuni 15:00-17:00
Telefon: (0 371) 
Manzil: Toshkent shahri, Shohjahon ko‘chasi, 
5 uy, 2-bino
E-mail: 
ipak@titli.uz

     KAFEDRA TARIXI

    Kafedra 1932 yili tashkil etilgan. “Yigirish texnologiyasi» kafedrasi 1932 yildan boshlab Respublikamiz va MDH davlatlari uchun yigirish texnologiyasini mukammal egallagan muxandislar tayyorlab kelmoqda.  Kafedra mudiri t.f.n. dotsent Sh.R. Fayzullaev. Kafedrada 1 nafar texnika fanlari doktori, professor, va 7 nafar texnika fanlari nomzodlari faoliyat yuritadi. «Yigirish texnologiyasi» kafedrasi To‘qimachilik sanoati texnologiyasi fakulteti tarkibiga kirib 5320900 «Yengil sanoat buyumlarini konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi» (Yigirilgan ip ishlab chiqarish) bakalavr yo‘nalishida va 5A320901 «To‘qimachilik xom ashyolarini qayta ishlash texnologiyasi» (Yigiruv texnologiyasi) mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlaydi. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishda jahon tajribasini o‘rganish va o‘quv jarayoniga tadbiq etish, ilmiy tekshirish ishlarini takomillashtirish maqsadida “Yigirish texnologiyasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari xorijiy o‘quv markazlari, jamg‘armalari bilan xalqaro  hamkorlikni kengaytirish va horijiy sarmoyalarni jalb qilish borasida ko‘pgina ishlarni amalga oshirmoqdalar. Kafedrada "Ip yigiruv jixozlari hamda texnologiyasini takomillashtirish yo‘li bilan yangi assortimentdagi iplar ishlab chiqarish va ularni sifatini oshirish" hamda "Chiqitsiz texnologiya yaratish" yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Olib borilayotgan ilmiy tadqiqot natijalari Respublika ip yigiruv korxonalariga tadbiq qilinmoqda. Kafedra va sohaga tegishli bo‘lgan “O‘zto’qimachiliksanoat” uyushmasi, “Uztex Tashkent” QK, “Cotton Road” QK, “Sirkechi textile” QK va yana bir qator korxonalar bilan innovatsion korporativ hamkorlik shartnomalari  tuzilgan. Kafedradan  va yuqoridagi korxonalardan  innovatsion ishchi guruh vakillari bilan birgalikda faoliyat olib borilmoqda, ular bilan innovatsion koorporativ hamkorlik bo‘yicha ish rejasi tuzilgan bo‘lib, shu asosda ishlar olib borilmoqda. Kafedrada innovatsion hamkorlik bo‘yicha shakllar, soha korxonalar banki, bitiruv malakaviy ishlari, doktorlik dissertatsiyalari mavzularini shakllantirish va o‘quv – ishlab chiqarish amaliyotlarini o‘tish uchun mos ravishda bog‘lab har biri bo‘yicha mavzular banki yaratilgan.

KAFEDRADA QUYIDAGI YO'NALISHLAR BO'YICHA MUTAXASSISLIKLAR TAYYORLANADI:

  BAKALAVRIAT TA’LIM YO‘NALISHI:

5320901 - "Yengil sanoat buyumlari konstruktsiyasini ishlash va texnologiyasi"

  MAGISTRATURA TA’LIM YO‘NALISHI:

5A320901 - “To‘qimachilik xom ashyolarini qayta ishlash texnologiyasi” (Ipak texnologiyasi, Yigirish texnologiyasi)

KAFEDRADA O'QITILADIGAN FANLAR:

  BAKALAVR YO'NALISHIDAGI TALABALAR UCHUN:

  • To‘qimachilik  mahsulotlari texnologiyasi va jihozlari 1,2-kurs tmtj.pdf [650.63 Kb] (ko'chirishlar soni: 43)
  • Texnologik jarayonlarni loyihalash 1,2-kurs tjl.pdf [580.23 Kb] (ko'chirishlar soni: 16) , 3-kurs tjl.pdf [909.11 Kb] (ko'chirishlar soni: 6) , 4-kurs tjl.pdf [367.45 Kb] (ko'chirishlar soni: 13)
  • Tadqiqot uslub va vositalari 1,2-kurs tuv.pdf [683.27 Kb] (ko'chirishlar soni: 6) , 3-kurs tuv.pdf [609.56 Kb] (ko'chirishlar soni: 3) , 4-kurs tuv.pdf [309.64 Kb] (ko'chirishlar soni: 4)
  • Kasb maxorati va injenerlik ishini yuritish 1,2-kurs kmiiy.pdf [369.37 Kb] (ko'chirishlar soni: 7) , 3-kurs kmiiy.pdf [587.93 Kb] (ko'chirishlar soni: 7) , 4-kurs kmiiy.pdf [229.17 Kb] (ko'chirishlar soni: 4)
  • Sanoat sohlari texnologiyasi 4-kurs sst.pdf [2.3 Mb] (ko'chirishlar soni: 5)
  • Xom ashyoni yigirishga tayyorlash 1,2-kurs xayt.pdf [593.29 Kb] (ko'chirishlar soni: 14)
  • Yigirish texnologiyasi 1,2-kurs yt.pdf [1.17 Mb] (ko'chirishlar soni: 22) , 3-kurs yt.pdf [709.29 Kb] (ko'chirishlar soni: 19)
  • Ikkilamchi iplarni yigirish 1,2-kurs iit.pdf [579.2 Kb] (ko'chirishlar soni: 18) , 3-kurs iit.pdf [402.68 Kb] (ko'chirishlar soni: 16) , 4-kurs iit.pdf [382.66 Kb] (ko'chirishlar soni: 32)
    MAGISTRATURA YO'NALISHIDAGI TALABALAR UCHUN:

  • To’qimachilik tolalarni yigirishning nazariy asoslari ttyna.pdf [432.3 Kb] (ko'chirishlar soni: 11)
  • Tolalarni chiqitsiz qayta ishlash texnologiyasi tchiqt.pdf [377.76 Kb] (ko'chirishlar soni: 7)
  • Pishitilgan ip ishlab chiqarishning nazariy asoslari  piichna.pdf [800.78 Kb] (ko'chirishlar soni: 8)
  • Zamonaviy yigiruv korxonasi sifat laboratoriyasi va uskunalar zyks.pdf [394.57 Kb] (ko'chirishlar soni: 18)
    KAFEDRA A'ZOLARI:

  • Fayzullaev Sh.R. - kafedra mudiri, t.f.n, dotsent  f_sh.pdf [504.72 Kb] (ko'chirishlar soni: 9)
  • Jumaniyazov Q.J. - texnika fanlari doktori, professor 
  • G‘ofurov Q.G‘. - texnika fanlari nomzodi, professor  
  • Matismailov S.L. - texnika fanlari nomzodi, dotsent  m_s.pdf [1.25 Mb] (ko'chirishlar soni: 9)
  • Pirmatov A.P. - texnika fanlari nomzodi, dotsent  p_a.pdf [525.37 Kb] (ko'chirishlar soni: 5)
  • Murodov T.B. - texnika fanlari nomzodi, dotsent 
  • Isaqulov V.T. - texnika fanlari nomzodi, dotsent 
  • Xoliyarov M.Sh. - texnika fanlari nomzodi, dotsent  x_m.pdf [822.57 Kb] (ko'chirishlar soni: 4)
  • Rajapov O.O. - katta o‘qituvchi  r_o.pdf [1016.39 Kb] (ko'chirishlar soni: 7)
  • Mahkamova Sh.F. - katta o‘qituvchi  m_sh.pdf [1.96 Mb] (ko'chirishlar soni: 7)
  • Aripova Sh.R. - katta o‘qituvchi  a_sh.pdf [742.04 Kb] (ko'chirishlar soni: 17)
  • Raxmatullinov F.F. - assistent
  • Yusupalieva U.N. - assistant  y_u.pdf [591.37 Kb] (ko'chirishlar soni: 6)
  • Abdumuxtorov A.A. - o’quv ustasi
KAFEDRANING O'QUV VA LABORATORIYA BAZASI:

  Kafedra zamonaviy o‘quv ma`ruza xonalari, talabalarga amaliy darslar olib borish hamda ilmiy tadqiqot ishlarini o‘tkazish uchun Germaniyaning «Truetzschler», «Zinser», «Volkman» firmalarining ip yigirish uskunalari bilan jihozlangan o‘quv laboratoriyasi, olingan natijalarni sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash uchun  sertifikatsiya markazi, talabalar bilimini nazorat qiluvchi «Teacher» tizimi, ma`ruza va amaliy darslarini olib borish uchun elektron doskalar bilan jihozlangan.
Kafedrada bir qancha fanlar bo`yicha elektron darsliklar, ma'ruza matnlari, o'quv uslubiy majmualar, annimatsion modellar, videofilmlar ishlab chiqilgan.

KAFEDRANING INNOVATSION HAMKORLIK ALOQALARI:

  “Yigirish texnologiyasi” kafedrasi bir qator xorijiy oliy bilim dargohlari va soha korxonalari bilan hamkorlik ishlarini olib boradi. Xususan:
•    Gent universiteti (Belgiya)
•    Pirey texnologiya instituti (Gretsiya)
•    Ivanova Davlat To‘qimachilik Аkademiyasi (Rossiya)
•    Moskva To‘qimachilik Аkademiyasi (Rossiya)
•    Sankt-Peterburg To‘qimachilik Аkademiyasi (Rossiya)
•    Kostroma texnologiya universiteti (Rossiya)
•    Dortmund universiteti (Germaniya)
•    Janubiy Koreyaning "KITECH" instituti
фильмы бесплатно





YOPISH