Azimov Azimjon Olim o‘g‘li

   Institut Yoshlar yetakchisi

   Telefon: (99899)800-95-51
   Faks:       0-371-253-32-02
   Elektron pochta: azimovazimjon.94@gmail.com

   Qabul kunlari: Har kuni (Yakshanbadan tashqari)
  • Bo'lim haqida

  • Xizmat vazifalari va faoliyat

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti boshlang‘ich tashkiloti 2017 yil 12 sentabrdagi № 01-sonli Ta’sis yig‘ilish bayoniga asosan tashkil etildi. 2017 yil 26 oktabrda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Yakkasaroy tuman Kengashi tomonidan № OTM 014/193/028 sonli guvohnoma bilan rasman ro‘yhatdan o‘tgan.


O‘zbekiston yoshlar ittifoqining asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk va intellektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan yosh avlodni shakllantirish, yoshlarni tashqi tahdidlar va “ommaviy madaniyat”ning zararli ta’siridan muhofaza qilish, yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga har tomonlama ko‘maklashish va shart-sharoitlarni yaratish maqsadida jismoniy shaxslar tomonidan ittifoq tashkiliy-huquqiy shaklida tuzilgan, O‘zbekiston yoshlarini birlashtiruvchi nodavlat notijorat tashkilotidir.
Ittifoqning asosiy maqsadi yoshlarni mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, jamiyatda tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlash, O‘zbekistonni jahonning rivojlangan mamlakatlari qatoriga kirishi jarayonlariga jalb qilish hamda yosh avlodning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishni ta’minlash, yigit-qizlarning ma’naviy va kasbiy saviyasini yuksaltirish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashishdan iborat.
Ittifoqning asosiy vazifalari barkamol, mustaqil fikrlaydigan, o‘zining hayotiy pozitsiyasi va qat’iy e’tiqodiga ega, jamiyat hayotida munosib o‘rin egallash, mamlakatni isloh qilish, yangilash jarayonlarida hal qiluvchi kuch va tayanch bo‘lishga qodir yoshlarni shakllantirish, ularning siyosiy madaniyati, huquqiy savodxonligi va huquqiy ongini yuksaltirishdir.

YOPISH