NOBEL MUKOFOTI LAURIYATI TASHRIF BUYURADI

NOBEL MUKOFOTI LAURIYATI TASHRIF BUYURADI

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tashabbusi bilan yaponiyalik mashhur olim, Nobel mukofoti laureati Ryodzi Noyori shu yilning 28-31 avgust kunlari Yaponiyaning Nagoya universiteti Prezidenti Matsuo Seyiti rahbarligidagi delegatsiya tarkibida mamlakatimizga tashrif buyuradi.
Ryodzi Noyorining Oʻzbekistonga tashrifi yurtimiz ilm-fan hayotidagi muhim voqea sanalib, u Xalqaro Nobel fondi bilan kelishgan holda tashkil etilmoqda. Bu esa nufuzli Xalqaro tashkilot tomonidan mamlakatimizning jahon ilmi-fani taraqqiyotiga qoʻshgan hissasining tan olinishi hamda bugungi kunda yurtimizda ilmiy salohiyatni rivojlantirishga boʻlgan munosabatning eʼtirofidir.

Delegatsiya aʼzolarining Bosh vazir oʻrinbosari Aziz Abduhakimov, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Inomjon Majidov, Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov va Fanlar Akademiyasi rahbariyati bilan uchrashuvlari rejalashtirilgan.
Tashrif doirasida Ryodzi Noyori oʻzbekistonlik yosh tadqiqotchilar, olimlar bilan uchrashadi, ular uchun maʼruza qiladi. Nagoya universiteti delegatsiyasi aʼzolari ishtirokida oʻzbek-yapon ilmiy simpoziumi, davra suhbati, Samarqandga tashrifi koʻzda tutilgan.

edu.uzскачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH