KITOB-MA’NAVIYAT KO‘ZGUSI

KITOB-MA’NAVIYAT KO‘ZGUSI

Joriy yilning 13-yanvar kuni “Pedagogika va jismoniy madaniyat” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, yosh avlodni ma’daniyat-san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikka targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan 5ta muhim tashabbusning ijrosi sifatida Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish maqsadida  “Kitob-ma’naviyat ko‘zgusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. 

Tadbirda filologiya fanlari doktori, professor, adabiyotshunos olim Tohir SHermuhammedov ishtirok etib, o‘zining kitobxonlikka bag‘ishlangan sermazmun fikrlari va ijodi bilan talabalar ko‘nglidan chuqur joy oldi. Shuningdek, tadbirda institutimizning iqtidorli talabalari o‘zlarining she’riy va musiqiy chiqishlari bilan barchani xushnud etdilar.
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH