YOSHLAR  MA’NAVIYATINI SHAKLLANTIRISHDA   TASVIRIY SAN’ATNING AHAMIYATI

YOSHLAR MA’NAVIYATINI SHAKLLANTIRISHDA TASVIRIY SAN’ATNING AHAMIYATI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan besh tashabbusning birinchi yo‘nalishi, Yoshlarni musiqa, rassomchilik, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishini oshirish, o‘z qobiliyatlarini namoyon qilishiga ko‘maklashish maqsadida“Tillar” kafedrasi  mudiri     F. Ikromxonova, katta o‘qituvchilar G. Seydanova va N. Djurayevalar mas’ulligida “Yoshlar  ma’naviyatini shakllantirishda   tasviriy san’atning ahamiyati” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.  Bu tadbirda O‘zbekiston  Badiiy Akademiyasi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutidan atoqli rassomlar:   Xudayberganov Rustam Adambayevich - O‘zbekiston xalq rassomi, “Mahobatli rangtasvir” kafedrasi professori, Sodiq Raxmonov- O‘zbekiston xalq rassomi O‘zbekiston Badiiy akademiyasi a’zosi, Maxmudov BehzodTalabovich “Chizma tasvir” kafedrasi dotsenti, Pattoxov Faxriddin Rixsiboyevich O‘zbekiston Badiiy akademiyasi a’zosi va shu akademiyaning yana bir vakili Nigmatov Nizomiddinlar ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
Tadbir rassomlik san’atining kelib chiqish tarixidan boshlandi. Rassomlik san’ati bu voqelikning san’atkor tanlagan nuqtai nazardan mo‘yqalam va bo‘yoqlar vositasida tekis materialga rasm tarzida tushirishdan iboratligi haqida so‘z bordi. 
Yoshlar qanchalik ma’naviy barkamol bo‘lsa, turli yot illatlarga qarshi immuniteti shuncha kuchli bo‘lishi haqida rassomlarimiz fikrlari tinglandi.  Davra suhbati yakunida ishtirokchilar o‘zlarining fikr-mulohaza va takliflarini bildirdilar.  Talabalarni qiziqtirgan barcha savollarga  Badiiy akademiya a’zolari atroflicha javob qaytardi va bu turdagitadbirlar davomli bo‘lishi haqida taklif bildirildi.
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH