KITOB ZULMATDA ZIYO

KITOB ZULMATDA ZIYO

Joriy yilning 14-yanvar kuni “Charm buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasi tomonidan Yoshlarimizga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, yurtimiz yoshlari o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus ijrosini ta’minlash hamda 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Kitob zulmatda ziyo” mavzusida bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi a’zosi, shoir, iste’fodagi polkovnik, ko‘plab tanlovlar g‘olibi Zikrillo Ne’matov, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti “Masofaviy ta’lim” kafedrasi dotsenti, shoir Axmedov Muxammad-Umar Baxriddinovich, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.N.Ulug‘muratov, kafedra mudiri N.B.Mirzayev, kafedra professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH