XORIJDAN O'QISHNI KO'CHIRISH

XORIJDAN O'QISHNI KO'CHIRISH

   Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi majlisining 2018 yil 28 avgustdagi 8-son bayoniga muvofiq 2018/2019 oʻquv yilida xorijiy oliy taʼlim muassasalaridan Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishni koʻchirish va koʻchirib qayta tiklash boʻyicha joriy yilning 24-25 avgust kuni oʻtkazilgan test sinovlari natijalariga koʻra toʻplagan ballari 68,0 dan yuqori boʻlgan fuqarolar yozgan arizalari boʻyicha oʻqish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasalarida oʻqishni davom ettirishi;
56,7 balldan 68,0 ballgacha toʻplagan fuqarolar viloyatlardagi oliy taʼlim muassasalarining mos yoki turdosh taʼlim yoʻnalishlarida oʻqishni davom ettirishi;
   56,7 balldan kam ball toʻplagan fuqarolarga oshirilgan toʻlov-kontrakt miqdorlari asosida 2018/2019 oʻquv yilida yozgan arizalari boʻyicha oʻqish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasalarida oʻqishlarini davom ettirishlari mumkinligi belgilandi.
Fuqarolardan oʻqishining koʻchirilishi yuzasidan batafsil maʼlumot olish uchun yozgan arizalari boʻyicha oʻqish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasalariga joriy yilning 30 avgustidan boshlab murojaat qilishlari soʻraladi.

Manbaa: edu.uzскачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH