TO‘QIMACHILIK  MAHSULOTLARINING EKSPORT SALOHIYATINI OSHIRISH ISTIQBOLLARI

TO‘QIMACHILIK MAHSULOTLARINING EKSPORT SALOHIYATINI OSHIRISH ISTIQBOLLARI

Joriy yilning 31-yanvar kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida innovatsion korporativ  hamkorlik yuzasidan “To‘qimachilikmahsulotlarining eksport salohiyatini oshirish istiqbollari ” mavzusida seminar tashkil etildi. 
Seminarda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi yetakchi mutaxassislari, “Sedat Triko Tashkent” MCHJ QK, “Uztex Group” MCHJ QK, “O‘zbekipaksanoat” Uyushmasi, “Turon Tex”MCHJ, “N-Joy Garments” MCHJ, “Apitex” MCHJ, “Rixsitilla gazmol servis” MCHJ, “Flatnit”MCHJ, va boshqa korxona vakillari taklif etildi. 

Shuningdek, tadbirda  institut professor-o‘qituvchilari, doktorant va mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Tadbirni “To‘qimachilik matolari texnologiyasi” kafedrasi, mudiri, dotsent, texnika fanlar nomzodi D. Qodirova ochib berdi. O‘z so‘zida yosh  ilmiy izanuvchilarga qarata shunday dedi:“To‘qimachilik mahsulotlarining eksport salohiyatini oshirish uchun milliy brendni shakllantirish, eksport qilinishi kerak bo‘lgan mahsulotlar sifatini yanada yaxshilash masalalari”ga to‘xtalib o‘tdi.  Ilmiy seminarga taklif etilgan mehmonlar o‘z fikr va mulohazalarini bildirib o‘tdi. Seminar muhokama, savol javoblarga bor bo‘ldi. 
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH