TTYESI TALABALARI SPORT MUSOBAQASIDA

TTYESI TALABALARI SPORT MUSOBAQASIDA

   O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 17 sentyabrdagi “Ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida Ta’lim muassasalari o‘rtasida Respublika miqyosida tashkil etilayotgan sport musobaqalari sonini yanada oshirish, musobaqalar o‘tkaziladigan sport turlarini kengaytirish, ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazib borish vazifa qilib berilgan edi. Qarorga muvofiq 19 noyabr kuni Toshkent davlat texnika universitetida voleybol va futbol sport turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Ushbu musobaqaga  Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutidan voleybol bo‘yicha quyidagi tarkib tuzib chiqildi.                                   
   PSTF 3v-16 Xudoynazarov Otabek Ravshanovich, Bekmuradov Qahramon Chorievich, 3a-18 Yusupov Sarvar Shuhrat o‘g‘li, TSTF 8-15 Sattarov Bekpulat Mashrabjon o‘g‘li, Sherqulov Umar Do‘sbek o‘g‘li, 5-15 Jo‘raev Sherzod Qo‘zi o‘g‘li, ESTDF 21-15 Xujamqulov Ilhom Xonimqul o‘g‘li, 21-16 Xojiev Jamoliddin Kamolxon o‘g‘li ushbu musobaqada ishtirok etdi. Respublikamizdagi 8 ta oliy ta’lim–universitet va institutlar ushbu musobaqada qatnashdi. Voleybol bo‘yicha institut talabalarimiz 5-o‘rinni egalladi. Futbol bo‘yicha esa, 4-o‘rin nasib etdi.
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

ҳ қ

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
YOPISH