PROFILAKTIK TADBIR BO‘LIB O‘TDI

PROFILAKTIK TADBIR BO‘LIB O‘TDI

Joriy yilning 13-fevral kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida talaba-yoshlar bilan “Giyohvandlikka qarshi kurash”, “Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish” mavzusida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining Jinoyat qidiruv bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik A.Qarshiyev, Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik A.Magdiyev, Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining 4-IIB boshlig‘i O.Suvanov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘lim boshlig‘i T.Allayarov hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan yuqorida aytib o‘tilgan mavzular yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. So‘zlovchilarning ta`sirli nutqi talaba-yoshlarda katta taassurot qoldirdi. Shuningdek, qatnashuvchilarga mavzu yuzasidan video-rolik qo`yib berishdi. 
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH