OLIY TA’LIMDA - KORRUPSIYASIZ SOHA

OLIY TA’LIMDA - KORRUPSIYASIZ SOHA

Joriy yilning 18 fevral kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Oliy ta’limda—korrupsiyasiz soha” mavzusida tadbir tashkil etildi. Unda institut rektori   B. Onorboyev, prorektorlar, dekanlar hamda mehmon sifatida Davlat xavfsizlik xizmati xodimi G‘. Mamayusupov ishtirok etdi. Institut rektori B.Onorboyev kirish so‘zi bilan ochib, hozirda korrupsiya – davlat organlari xodimlari moddiy  yoki mulkiy yo‘sinda, g‘ayriqonuniy shaxsiy naf ko‘rish maqsadida, o‘z xizmat mavqeidan foydalanishida ifodalanadigan ijtimoiy hodisa ekani, u dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo‘lgan global muammolardan biri bo‘lib, ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazishi mumkinligi, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib kelishi, shu bois unga qarshi kurash xalqaro ahamiyat kasb etib, jahon siyosatining muhim masalalari qatoridan joy olgani haqida gapirdi. 
Oliy ta’limni korrupsiyadan holi zonaga aylantirish har bir rahbarning vazifasidir.  Korrupsiyani bartaraf etish va unga qarshi kurashish uchun institut  jamoasi birgalikda harakat qilishga kelishib oldi.
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH