O‘ZBEKISTON-XITOY                                                                                        TOSHKENT TO‘QIMACHILIK VA YENGIL SANOAT INSTITUTIDA                                              10-XITOY, SHANXAY TA’LIM KO‘RGAZMASI

O‘ZBEKISTON-XITOY TOSHKENT TO‘QIMACHILIK VA YENGIL SANOAT INSTITUTIDA 10-XITOY, SHANXAY TA’LIM KO‘RGAZMASI

      Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Xitoy Xalq Respublikasiga uyushtirgan tashrifi munosabati bilan 100 dan ziyod hujjatlar imzolandi. Jarayonning davomi sifatida bugunga kelib, yurtimizda ta’lim tizimini qayta isloh qilishga katta e’tibor qaratilmoqda. Shu o‘rinda, ta’lim sohasida shartnoma va memorandumlar imzolandi. Xususan, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti bir necha xorij universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini olib bormoqda. Jumladan, Xitoy Xalq Respublikasining DONHUA, WUHAN, CHANGSHU va boshqa universitetlari fikrimiz dalilidir. Masalan, DONHUA universitetiga TTYeSIdan 1 ta o‘qituvchi 10 oyga malakaviy ko‘nikma hosil qilish uchun yuborildi. Bundan tashqari 2017-2018 yillar oralig‘ida institutning 14 ta talabasi yozgi maktablarga bordi. Shuningdek, DONHUA universitetidan 9 ta talaba institutga yozgi o‘quv kursida qatnashish uchun keldi.                                         
     WUHAN to‘qimachilik universitetiga esa, TTYeSIdan 2017-2018 o‘quv yilida 9 ta bitiruvchi talaba magistraturaga o‘qishga qabul qilindi.   Binobarin, imzolangan shartnoma va memorandumlar bugun ham jadallik bilan davom etmoqda.                                                                                          
   21 noyabr kuni TTYeSIda “10-Xitoy, Shanxay ta’lim ko‘rgazmasi” tashkil etildi. Bu ko‘rgazmaga 32 ta Shanxay universitetlaridan vakillar tashrif buyurdi va tadbir uyushtirildi. Tadbirda TTYeSI rektori S.Yunusov, Xitoy elchixona maslahatchisi janob Zhang Wenchuan, Shanxay hokimiyati tashqi aloqalar bo‘limi direktori Yang Weiren, DONHUA universiteti  partiya sekretari  Liu Shu Hui xonim va professor-o‘qituvchi, talaba yoshlar qatnashdi.                                                       
   DONHUA universiteti 15 ta fakultetni o‘z ichiga oladi – deydi, dekan o‘rinbosari Wu Xiaojun. –Masalan, “Biznes va menejment”, “Moda va san’at”, “To‘qimachilik”, “Materialshunoslik va muhandislik”, “Kompyuter texnologiyalari va muhandislik” hamda “Kimyoviy texnologiya va biotexnologiya” va boshqa fakultetlar faoliyat olib bormoqda. Misol uchun “To‘qimachilik” fakulteti tarkibida 3 ta kafedra faoliyat yuritadi. To‘qimachilik muhandisligi, noto‘qima materiallar, funksional materiallardan iborat.      
   Ko‘rgazmani tashkil etishdan asosiy maqsad, yurtimiz yoshlarini bilim olishga taklif qilish va ta’lim almashinuvini rivojlantirish ko‘zda tutilgan.            
    Ko‘rgazmaning ochilish marosimi ko‘tarinki kayfiyatda bo‘ldi va Shanxay universitetlari  talaba yoshlarimizga zamonaviy ta’lim jarayoni haqida ma’lumotlar berib o‘tdi.  
  
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

ҳ қ

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
YOPISH