MILLIY KURASHIMIZ OSIYO O'YINLARIDA

MILLIY KURASHIMIZ OSIYO O'YINLARIDA

  Osiyo o'yinlarida ilk bor joriy etilgan o'zbek milliy kurashi bo'yicha musobaqalarda 7 vazn toifasida (-52 kg, -63 kg va -78 kg vazn toifalarida ayollar, -66 kg, -81 kg, -90 kg va +90 kg vazn toifalarida erkaklar) medallar o'ynaldi va bahslarda jami 28 nafar kurashchi sovrindor bo'ldi.
O'zbekiston ushbu musobaqaga 14 nafar polvon bilan tashrif buyurdi va jami 12 medal oldi. 7 oltindan 6tasi o'zbekistonliklarga tegdi, yana 2 kumush va 4 bronza olindi. Bu orqali O'zbekiston kurash jamoasi medal jamg'arish bo'yicha O'zbekiston delegasiyasi miqyosida birinchi o'rinni egalladi, ikkinchi o'rinni bokschilar band etishdi - 5 oltin, 2 kumush.
  Ushbu sport turi turnirda ilk marta joriy etilgani e'tiborga olingan holda, o'zbekistonliklar yaqqon ustunlikka ega bo'lishi kutilgandi. Lekin aytish kerakki, O'zbekistonlik 14 sportchi finalda ishtirok etib, oltin va kumush medallarni bo'lib olishi kuzatilmadi, -81 kg vazndagi Muso Sobirov chorak finalda, -78 kg vazn toifasidagi Dilroza Bozorova esa nimchorak finaldayoq yutqazib, medalsiz qoldi. Shuningdek, +90 kg vazn toifasidagi Nurbek To'raev yarim finalda eronlik Jafar Pahlavoniyga, -52 kg vazn toifasidagi Oysuluv Abdumajidova yarim finalda hindistonlik Pinski Balharaga, -63 kg vazn toifasidagi Muxlisa Abdumalikova yarim finalda mo'g'ulistonlik Bayarbat Basanjargalga, -81 kg vazn toifasidagi Sarvar Shomurodov yarim finalda eronlik Ilyos Ali Akbariga yutqazdi.
  -81 kg vazn toifasida finalda O'zbekiston vakili bo'lmadi. Oltin medal eronlik Ilyos Aliga, kumush medal chorak finalda o'zbekistonlik Muso Sobirovni, yarim finalda boshqa bir eronlik Omid Taztakni engib finalga chiqqan tojikistonlik Xo'jazoda Behruziga nasib etdi.
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH