“TOSHKENT KITOB OʻQIYDI” LOYIHASI

“TOSHKENT KITOB OʻQIYDI” LOYIHASI

Joriy yilning 25-yanvar kuni “Kitob olami” savdo doʻkonida joylashgan co-working markazida Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqodjayev Toshkent shahar yoshlari bilan “Hokim va yoshlar” uchrashuvini oʻtkazdi.
 Uchrashuvda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institute talaba-yoshlari Toshkent shahrida kitobxonlikni targʻib qilish maqsadida volontyorlar guruhini tashkil qilgan holda “Toshkent kitob oʻqiydi” aksiyasini oʻtkazish taklifi bilan Toshkent shahar hokimiga murojaat qilishdi.

Joriy yilning   fevral oyidan boshlab, yuqoridagi taklifga asosan institut Yoshlar ittifoqi  Boshlang‘ich tashkiloti  volontyorlari o‘qishdan bo‘sh vaqtida Toshkent shahrining aholi gavjum joylarida kitob o‘qishmoqda. Jumladan Toshkent metropolitenining barcha bekatlari, avtobuslar, avtobus bekatlari, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi atrofida Prezidentimizning beshta muhim tashabbusi doirasida kitobxonlikni yanada rivojlantirish va targ‘ib etish maqsadida, institut volontyorlar jamoasi o‘zlari bilan birgalikda sevib o‘qiydigan kitoblarini mutolaa qilib, shahar aholisini yanada kitobxonlikka bo‘lgan mehrini, hayotimizda kitobni o‘rnini va mavqeyini  oshirishga, aholini ongiga kitob o‘qishni yangicha yo‘l bilan ta’sir qilgan holda o‘z hissasini qo‘shib kelmoqdalar. 
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH