AZIZ VA MUQADDASAN AYOL

AZIZ VA MUQADDASAN AYOL

Ayol borki, olam munavvar. Dunyo charog’ondir. Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida joriy yilning 6-mart kuni “Aziz  va muqaddasan ayol” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi.
 Tadbir Matbaa texnologiyalari fakulteti talaba-yoshlari hamda professor-o‘qituvchilari  tomonidan tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist O. Hamraqulov ishtirok etib, institutimiz ayollarini bayram bilan tabriklab, bir juft qo‘shiq ijro etdi. 
Shundan so‘ng, talabalar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, raqslar, kuy va qo‘shiqlarga navbat berildi.Ayol-professor-o‘qituvchilar institutning tayanchi va  suyanchidir. Ayoli olima yurtda,oliygohda  Beruniylar, ibn Sinolar, Mirzo Ulug’beklar yetishib chiqishi shubhasiz. Bayramingiz muborak aziz, ayollar, onajonlarimiz. 
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH