MILLIY LIBOS-MA’NAVIYAT KO‘ZGUSI

MILLIY LIBOS-MA’NAVIYAT KO‘ZGUSI

Joriy yilning 6-mart kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 27-yanvardagi “2020-yilda respublikada ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash va dinlararo bag’rikenglikni mustahkamlashga qaratilgan chora –tadbirlar dasturi” ning 55-bandida “Barcha oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari talaba  qizlari ishtirokida o‘tkaziladigan “Milliy libos- ma’naviyat ko‘zgusi” mavzusidagi ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir “Tikuv buyumlari konstruksiyasi va texnologiyasi” kafedrasi tashabbusi bilan o‘tkazildi. Tadbirda “Milliy libos va ularni hududlar bo‘yicha tahlili”, “Milliy libos elementlarini zamonaviy liboslarda qo‘llanilishi”, “Ta’lim muassasalarida kiyinish madaniyati” mavzularidagi taqdimotlar namoyishi ham bo‘lib o‘tdi. Tadbirni tashkil etishdan maqsad,talaba-yoshlar orasida milliylikni targ’ib etish hamda milliy mentalitetimizni shakllantirishdan iborat. 
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH