SHUHRAT MEDALI MUBORAK!

SHUHRAT MEDALI MUBORAK!

8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni e’lon qilindi. 
Farmon quyidagi so‘zlar bilan boshlanadi:
Mamlakatimizda aziz va mo‘tabar ayol zotiga munosib ehtirom ko‘rsatish, opa-singillarimizning davlat va jamiyat hayotida tutgan o‘rni va nufuzini oshirish, yurtimizning iqtisodiy qudrati va jahon miqyosidagi mavqeini yuksaltirish borasidagi ulkan xizmatlarini munosib qadrlash maqsadida hamda oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, aholi farovonligini ta’minlash, farzandlarimizni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash ishlariga qo‘shgan katta hissasi, yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi samarali mehnati bilan tashabbus va ibrat ko‘rsatib kelayotgani uchun bir guruh xotin-qizlar faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlansin. Ushbu mukofatlanganlar orasida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti kafedra mudiri Munisa Anvarovna Mansurovaning borligi institut jamosini quvontirdi.
Shuni eslatib o‘tish joizki, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida bugungi kunda jami 150 dan ortiq ayollar faoliyat olib boradi. Ularning ko‘pchiligi ilmiy faoliyat bilan birgalikda, oilaviy muhitini ham birgalikda bajarib kelmoqda. Ana shunday mehnatkash, jonkuyar ayollarimizdan biri, “Tikuv buyumlari konstruksiyasi va texnologiyasi” kafedrasi mudiri Munisa Anvarovna Mansurovadir. 
Suni aytib o‘tish kerakki, Mansurova Munisa Anvarovna —1979-yilning 20-may kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. O‘rta maktabni tamomlab, 1996-yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutiga o‘qishga kirgan. 2000-yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Yengil sanoat mahsulotlari texnologiyasi” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr, 2002-yilda magistraturani imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 
Mehnat faoliyatini 2005 -yilda institutning tikuv buyumlari texnologiyasi kafedrasi assistenti lavozimidan boshlab, kafedra dotsenti,  kasb ta’limi kafedrasi mudiri va 2014-yildan “Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. 25 yildan buyon to‘qimachilik sohasida bilim va malaka oshirib, yuzlab shogirdlarini mamlakatimiz yengil sanoat sohasiga yetkazib bermoqda.
Oilali, uch nafar farzandi bor. Munisa Anvarovnani  institut jamoasi  nomidan chin dildan tabriklaymiz. Ilmiy, oilaviy faoliyati bundanda yuksalib, martabalari ulug‘ bo‘lishini tilab qolamiz. 
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH