O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM HAMDA REKTORLAR KENGASHINING  MUROJAATI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM HAMDA REKTORLAR KENGASHINING MUROJAATI

    Hurmatli vatandoshlar! 
   Hozirgi kunda butun dunyoning diqqat-e'tibori Covid-19 koronavirus pandemiyasiga qaratilgan bo'lib, jahon ilm-fani ahli  ushbu kasallik tarqalishining oldini olish va to'xtatish, insoniy talofatni keskin kamaytirish va bu xatarni ildizi bilan quritish uchun bor intellektual salohiyatini safarbar etmoqda.
   Bugun O'zbekiston hukumati muhtaram Prezidentimiz SH.M.Mirziyoev boshchiligida bu yuqumli xastalikning aholi o'rtasida keng tarqalib ketishining oldini olish, ona xalqimizni bunday og'ir sinovdan sog'-omon olib o'tish uchun barcha zarur va keskin choralarni amalga oshirmoqda.
   Muhtaram ilm ahli, hurmatli ziyolilar!  
   O'zbekiston xalq yozuvchisi, buyuk adibimiz Muso Toshmuhammad o'g'li Oybekning “Jahon tarixida misli ko'rilmagan mo'jizalar yaratgan ulug' xalq har ishga qodir”, degan fikrlari o'zbek xalqiga berilgan munosib bahodir. 
   El-yurt boshiga og'ir ish tushganda safning oldida turish, fidoyilik va jasorat ko'rsatishdek sharafli vazifa hamisha sizu bizning, olimlar va o'qituvchi-domlalar, ilm ahli va ziyolilar zimmasidadir.
   Biz bugungi mas'uliyatli sinov kunlarida ma'naviy birligimiz, mustahkam hayotiy e'tiqodimiz bilan barchaga ibrat bo'lishimiz, namuna ko'rsatishimiz zarur bo'ladi...
   Qadrli talabalar, aziz yoshlar!
   Sizlarning barchangiz bizning ishongan tog'imiz, millatimiz kelajagi, yangi O'zbekistonning bo'lajakbunyodkorisiz.   
  Koronavirus tufayli mamlakatimizda yuzaga kelgan bu tashvishli holat Siz, aziz farzandlarimizning sifatli bilim olishingizga xalaqit bermasligi uchun mamlakatimiz rahbaridan tortib davlat idoralarining xodimlarigacha, rektorlardan tortib ustoz-murabbiylargacha – barcha-barcha Sizlarning shu kunlardagi faoliyatingiz haqida, uni mazmunli tashkil etish borasida qayg'urmoqda...
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH