OYBEK HAYOTI VA IJODIGA BIR NAZAR

OYBEK HAYOTI VA IJODIGA BIR NAZAR

     Bugungi kunda mamlakatimizning ko‘plab sohalarida ko‘z ilg‘amas yangiliklar, o‘zgarishlar, rivojlanishlarni kuzatish mumkin. Shu jumladan, aholining katta qatlamini tashkil etuvchi yoshlarga e’tibor har qachongidanda ustuvor vazifalarni qo‘ymoqda. Yurtboshimiz tomonidan jamiyatga tadbiq etilgan “Muhim besh tashabbus” zamirida ham barkamol, dunyoqarashi keng, zamonaviy fikrlaydigan avlodni shakllantirish vazifasi yotadi. 
Ayniqsa, yoshlarni adabiyotga oshno qilish, kitobxonlikni kengaytirish masalalari bo‘yicha bir qancha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Joriy yilning 20-may kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog’ida joylashgan Adiblar xiyoboniga tashrifida ham milliy adabiyotni rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor, galdagi muhim vazifalar haqida so‘z bordi. Shuningdek, yurtimizdagi har bir Oliy ta’lim muassasalari zammasiga  ushbu bog‘da monumenti joylashtirilgan adib va yozuvchilarning hayot va ijodini o‘rganish vazifasini topshirdi. Ushbu topshiriq ijrosi yuzasidan joriy yilning 31-may kuni Adiblar xiyobonida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti jamoasi tomonidan Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek ijodi va faoliyatiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. 
Tadbir avvalida institut jamoasi Adiblar xiyoboni yonida joylashgan Toshkent muzeyiga tashrif buyurishdi. Shundan so‘ng Oybek siymosi aks etgan haykal yonida tashkil etilgan tadbirni Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Ulug‘bek Abdullayev ochib berdi. Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi Bektosh Isroilov hamda ushbu kafedra dotsenti Gularam Masharipovalar Oybek hayoti va ijodi haqida ma’ruza qilishdi. 
Tadbirning ijodiy qismida Matbaa va qadoqlash jarayonlari texnologiyasi kafedrasi katta o‘qituvchisi Oydin Haqnazarova o‘z ijodiga mansub “Oybek domlaga” nomli she’rini o‘qib eshittirdi. Tadbirda ishtirok etayotgan professor-o‘qituvchilar hamda talabalar Muso Toshmuhammad o‘g’li Oybek hayoti va ijodini bir qadar esga olinganidan mamnuniyat bildirishdi. Tadbir barchada iliq taassurot qoldirdi. 
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH