A’NANAGA AYLANGAN TADBIRDAN LAVHA

A’NANAGA AYLANGAN TADBIRDAN LAVHA

    Yam-yashil ko‘klam bezab turgan Adiblar xiyoboniga tashrif buyurar ekansiz, o‘zingizni adbiyotning go‘zal olamiga tushib qolgandek his qilasiz.Xiyobonda joylashgan ulug‘ shoir-u mo’tabar shoiralar monumenti xuddiki jonlanib, sizni o‘zi tomon chorlayotgandek tuyiladi.
 Ular bilan suhbatlashgingiz, asarlari, undagi qahramonlar haqida munozara olib borgingiz keladi. Buyuk asarlar ijodkorlari bilan bir nafas yashagandek yuragingiz quvonchga to‘ladi.  Ha, bu yer shunday joyki, unda faqat adabiyot, uning vakillari hayoti haqida gapiriladi, asarlari to‘g‘rsida so‘z boradi. Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti jamoasi ham ushbu xiyobonga tez-tez tashrif buyurib, turli tadbirlar uyushtirishni an’anaga aylantirib ulgurdi.

Jumladan, joriy yilning 6-iyun kuni Adiblar xiyobonida Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek hayoti va ijodiga bag‘shlangan navbatdagi tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘lim boshlig‘i, “Tillar” kafedrasi katta o‘qtuvchisi, dekan o‘rinbosarlari hamda talabalar ishtirok etishdi. 
Tadbirni Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Ulug‘bek Abdullayev ochib berar ekan, ushbu badiiy-ijodiy uchrashuvlardan maqsad milliy adabiyotimizga yanada yaqinlashish, undagi olam bilan hamnafas yashash ekanini ta’kidladi. Shundan so‘ng “Tillar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Umida Do‘stova Oybekning bolaligi, oilasi taqdiri, ijodga kirib kelish jarayonlari, ustozlari, asarlarining yozilish tarixi haqida qatnashuvchilarga so‘zlab berdi. 
Adib qalamiga mansub kitoblar nomini yana bir bor tilga olib, ularni albatta mutolaa qilish kerakligini tavsiya qildi. Tadbirning ijodiy qismiga taklif qilingan Yozuvchilar uyushmasi a’zolari shoir Shavkat Odiljon hamda shoira Maxfuza Imomovalar ushbu mavzuga doir she’rlaridan institut jamoasiga so‘zlab berishdi. Bundan tashqari Oybek yaratgan asarlar, undagi qahramonlar taqdiri, rafiqasi Zarifa Saidnosirova hayoti talabalar tomonidan gapirilib o‘tildi, she’rlaridan namunalar aytildi. Tadbir so‘ngida Toshkent tarixi davlat  muzeyi eksponatlari tomosha qilindi. Ushbu tadbir qatnashuvchilarga ko‘plab ma’lumotlar taqdim etish barobarida yaxshi xulosa qoldira oldi.
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH