TASHKENT FASHION WEEK-2018.  TTYESIDA PARIJ XALQARO MODA AKADEMIYASI(AICP)NING KAFEDRASI OCHILADI

TASHKENT FASHION WEEK-2018. TTYESIDA PARIJ XALQARO MODA AKADEMIYASI(AICP)NING KAFEDRASI OCHILADI

   Ma’lumki, joriy yilning 21-26 noyabr kunlari Yoshlar ijod saroyida Toshkent modalar haftaligi-2018 (Tashkent Fashion Week-2018) tadbiri o‘tkazildi. Davlatimiz tomonidan keng qo‘llab quvvatlanayotgan bu tadbirning tashkilotchilari – O‘zbekiston Respublikasi Dizaynerlari assotsiatsiyasi – “Osiyo ramzi” va Toshkent shahar hokimiyati ko‘magida tashkil etildi. Ushbu anjumanga dunyoning bir necha davlatlaridan Italiya, Fransiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Koreya kabi mamlakatlar, yetakchi dizayner va ekspertlar hamda boshqa mehmonlar tashrif buyurishdi. Mazkur haftalik doirasida unutilmas tadbir va namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Jumladan, 15 ta liboslar ko‘rgazmasi 1300 xildan ortiq liboslar taqdimetildi. Shundan 3 ta katta festival o‘tkazilib, 4 ta xorijlik yetakchi dizaynerlarning chiqishlari tadbirga joziba bag‘ishladi. 
   23  noyabr kuni Lola Sayfining moda ixlosmandlari uchun o‘tkazgan mahorat darsi barchada katta taassurot qoldirdi. Lola Sayfiy o‘z sferasida muvaffaqiyat qozongan dizayner bo‘lib, Rossiya, AQSH, Germaniya, kabi davlatlarda ko‘plab xalqaro tanlov va ko‘rgazmalarida o‘z kolleksiyalari bilan ishtirok etgan.                                                                                                                  
   Kunning ikkinchi yarmida italiyalik dizayner Sabrina Persecheno o‘z mualliflik namoyishi bilan ishtirok etdi. Uni moda olamida futurizma va absurd yo‘nalishidagi ijodi uchun qadrlashadi.                                                       
   Shuningdek, Dildora Qosimova ham iqtidorli o‘zbek dizaynerlaridan biri hisoblanadi. U ko‘proq milliy matolar – atlas, adras kabilardan o‘ziga xos liboslar kashf qilgan.                                                                                                      
   24 noyabr kuni “An’anaviylik va zamonaviylik” ko‘rgazmasi, “Yetakchi dizayner Nikolay Namning yosh mutaxassislar uchun “mahorat darsi”, “Bukhara brilliant Cilk” (VVS), Dina Sayfining mualliflik namoyishi, janubiy Koreya va O‘zbekiston dizaynerlarining yurak, qon-tomir kasalliklariga chalingan bolalar uchun xayriya taqdim etildi.                                                                          
   Shuningdek, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida Parij xalqaro moda akademiyasi(AICP)ning kafedrasi ochiladi. Bu haqda O‘zbekiston dizaynerlar assotsiatsiyasi rahbari, institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor X.H.Kamilova ma’lum qildi. “Tashkent Fashion Week – 2018” moda haftaligida Parij xalqaro moda akademiyasi prezidenti Jan-Filip Vokler bilan bu borada kelishuvga erishildi. Tez orada Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida akademiya kafedrasini ochish bo‘yicha zarur ishlar olib borilmoqda. 
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

ҳ қ

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
YOPISH