ONLINE MULOQOT: REKTOR VA GURUH SARDORLARI UCHRASHUVI

ONLINE MULOQOT: REKTOR VA GURUH SARDORLARI UCHRASHUVI

    Joriy yilning 13-avgust kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoati institutida online videokonferensiya bo’lib o‘tdi. Unda institut rektori Kamilova Xolida Xafizovna, prorektorlar, fakultet dekanlari hamda guruh sardorlari ishtirok etishdi. 
Hammamizga ma’lumki, yurtimizda karantin cheklovlari davom etmoqda. Shu sababli karantin qoidalariga amal qilish barchamizning oldimizdagi burchimizdir. O‘zingizni asrasangiz oilangizni asraysiz, oilangizni asrasangiz atrofni asraysiz, atrofni asrasangiz Vatanni asraysiz. Xolida Xafizovna so‘zlarining boshida, “Avvalo, institut huvillab qoldi. Lekin barchamiz o’zimizni va yaqinlarimizni asrashimiz kerak, ushbu sinovli kunlar o‘tib, a’nanaviy hayot tarzimizga albatta qaytamiz” – deya, aytib o‘tdilar. Pandemiya sababli talaba-yoshlar masofaviy ta’lim tizimi ya’ni internet tarmog’i orqali fanlarni o’zlashtirishiga to‘g`ri kelmoqda. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalar hamda ularning oila a’zolarini xavfli virus hisoblangan Koronavirus infeksiyasidan himoya qilishdir.

Pandemiya kishilar turmush tarziga ham ta’sir etmay qolmadi. Jumladan, ularning kunlik daromadi pasayib ketganining guvohi bo’lib turibmiz. Xo‘sh, talaba yoshlarning bugungi jarayonda ijtimoiy holati qanday?O‘z-o‘zini ham jismonan, ham ma’nan ta’minlay olyaptimi? Yangi o’quv yilida boshlanadigan online darslar uchun internet bilan ta’minlanish holati ularga muammo tug’dirmayaptimi? Mana shu savollarga videokonferensiyada atroflicha javob berildi.  

Mazkur uchrashuvdan ko’zlangan asosiy maqsad, masofaviy o’qitish tizimini yanada mukammal yo‘lga qo‘yish, qabul jarayonlari, ta’lim berish va talabalar bilimini baholash, har bir talaba bilan individual ishlagan holda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratildi. 
Avgust oyi oxirida ham mazkur tarzdagi online videokonferensiya o‘tkazilishi va yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik qanday bo’lishi haqida kelishib olindi. Uchrashuv so‘ngida, Xolida Xafizovna yoshlarga qaratilayotgan imkoniyatlar, inson o‘z oldiga maqsad qo‘yishi kerakligi va albatta harakat barchamizning o‘zimizda bo‘lishi lozimligi  haqida so‘zladilar.
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH