KLASTER - INNOVATSION TARAQQIYOT ASOSI!

KLASTER - INNOVATSION TARAQQIYOT ASOSI!

   Fan va ta’limning ishlab chiqarish bilan uyg’unligi barcha sohalarda taraqqiyotni ta’minlaydi. Bu borada tabiiyki, fan, ta’lim va ishlab chiqarishning integratsiyasi muhim va dolzarb vazifa. Bu esa o‘z-o‘zidan innovatsion klasterga yo‘l ochadi.  Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 10-11-mart va 2018-yil 16-17-fevral kunlari xalq bilan muloqot qilish hamda joylarda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishib, Buxoro viloyatiga tashriflari chog‘idagi “Paxta va to‘qimachilik klasteri” loyihasini tashkil etishni olg‘a surdilar. Unda O‘zbekistonda klaster tizimi asosida ishlab chiqarishni tashkil etishning ilmiy asoslari ko‘rsatib berilgan. Klasterlarni shakllantirishdan maqsad – shahar, tuman va viloyat ichida joylashgan bir xil soha korxonalarini va ular bilan yagona texnologik zanjirda bo‘lgan ta’lim, ilmiy, injiniring, konsalting, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va boshqa xizmatlarni uyg‘unlashtirish – innovatsion ishlab chiqarishni tashkil etish asosida raqobatbardosh tovarlar yaratishga yo‘naltirishdan iboratdir.

   Prezidentimizning elni farovon, xalqni boy qiluvchi innovatsion g‘oyalaridan biri – Klaster tizimining mamlakatimizda keng joriy etilayotganidir.
     Joriy yilning 15-sentyabr kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti  rahbariyati hamda O‘zLiPeD faoli, senator Murtazo Rahmatov bilan klaster usulini rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, ta’lim klasterini tashkil etish, o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish hamda bu borada “Дуальный метод подготовки кадров” nemislar metodi bo‘yicha kadrlar tayyorlash va shu qatorda bir qancha muhim vazifalar yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda asosiy mavzu etib ta’lim mazmunini ko‘rib chiqish, bunda klasterlardagi uzluksiz jarayon xususiyatlarini inobatga olgan holda o‘zgartirish va takomillashtirish masalasiga asosiy e’tibor qaratildi. 
   Bugungi kunga kelib innovatsion klaster – fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi mezoni ekani ayon bo‘lib qoldi. Ayni kunlarda Respublikamizning deyarli barcha viloyatlari o‘z katta – kichik klasterlariga ega. Barcha sohalarda klaster tizimini yaratish maqsadga muvofiq hisoblanadi, aslida, ta’lim tizimiga tushadigan sistema bu klister sistemasidir – dedi, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rektori Komilova Xolida Hafizovna. Darhaqiqat, bu borada institutda ham ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti huzurida Koreya Respublikasi Hukumatining beg’araz kо‘magini jalb etgan holda О‘quv-amaliy tо‘qimachilik texnoparkini tashkil etish chora-tadbirlari tо‘g’risida”gi PQ-2759-son qaroriga asosan О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi muassisligida Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti huzurida О‘quv-amaliy tо‘qimachilik texnoparki tashkil etildiBо‘yash-pardoshlash, Tikuv-trikotaj, Dizayn yо‘nalishi bо‘yicha zamonaviy dizayn talablari va dunyo moda yо‘nalishi, О‘zbekistonning iqlim sharoitlari va milliy mentalitetni hisobga olgan holda tikuv buyumlarini istiqbolli modellashtirishni tashkil etish, marketing tadqiqotlarini о‘tkazish, raqobatbardosh kiyim modellarini yaratish, buyurtmalar portfelini shakllantirish, turli assortimentdagi va rasmiy, korporativ va maishiy kiyimlarga loyiha-konstruktorlik va normativ-texnik hujjatlarni loyihalash va ishlab chiqish, hozirgi zamon ekologik dizayn talablariga mos 3D formatida loyihalashning avtomatlashtirilgan tizimlarini qо‘llab zamonaviy liboslarni yaratish sohasidagi ilmiy-tadqiqotlarni о‘tkazishdan izlanishlar olib borilmoqda. Texnoparkni barpo etish uchun Koreya Respublikasi Hukumatining 15 mln AQSH dollarlik beg’araz kо‘magini jalb etgan holda amalga oshirildi. Texnoparkning asosiy vazifalari etib, talaba va yosh olimlarni tо‘qimachilik, tikuv-trikotaj, bо‘yash-pardozlash va dizaynerlik sohalarida amaliy ilmiy-tadqiqotlar olib borishni tashkillashtirish, kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish hamda ushbu yо‘nalishlarda innovatsion xizmat kо‘rsatish vazifalari belgilangan. 
  Klaster usuli keng ma’noda bo‘lib, ko‘pgina sohalar ushbu usuldan o‘z yo‘nalishlaridan kelib chiqib foydalanishadi. Bir qator korxonlarning faoliyat tizimi ham ushbu yo‘nalish bilan bog’liq. Jumladan, “Buxoro paxta to‘qimachilik klasteri” O'zbekiston-Buyuk Britaniya qo‘shma korxonasi Romitan viloyati “Buxoro paxta to'qimachilik” qishloq xo‘jaligi klasterida yetishtirilgan paxtadan mahalliy paxta tozalash zavodida olingan tolani chuqur qayta ishlaydi. Ko‘p tarmoqli korxona klaster tizimining butun jarayonini - paxtani yetishtirishdan tortib to chuqur qayta ishlashgacha olib borgan noyob ob’yekt hisoblanadi.

   Unda toladan to tayyor mahsulotgacha ishlab chiqariladi. Ta’kidlash joizki, qo‘shma korxona yiliga 10 ming tonna paxta tolasi ishlab chiqarish quvvatiga ega, ya’ni to‘qimachilik majmuasi do‘konlari bosqichma-bosqich ishga tushirilmoqda. O‘tgan yilning mart oyida bu yerda yigiruv fabrikasi ish boshladi. Ushbu davr mobaynida  sexda 2885 tonna ip-kalava ishlab chiqarildi. Xalqaro talablarga javob berishi tufayli xaridorlar orasida katta talabga ega. Chet elliklar bunga qiziqishi bejiz emas. Buni qiymati 5 million dollarlik ip-kalava eksporti tasdiqlaydi. 5 milliard so‘mlik mahsulotlar ichki bozorga ham yetkazib beriladi. Yana bir klaster usulida faoliyat olib boradigan korxonalardan biri Buxorodagi “BCT klaster”, Quyi Chirchiq viloyatidagi “TCT klaster” guruhlaridir. Mazkur korxonalarda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, eksport hajmini ko‘paytirishga munosib hissa qo‘shish maqsadida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Uchrashuvda korxona faoliyatidagi innovatsion klaster usulida amalga oshiraloygan ishlar yuzasidan fikr va mulohazalr almashildi.
   “Biz yaratganning yordami bilan, mamlakat rahbariyatining harakatlari bilan, albatta, koronavirusni yengib, iqtisodiyot tarmoqlari va xalq farovonligi yo‘lida barqaror o‘sish sur’atlariga erishamiz, - dedi Murtazo Rahmatov.
    Yig‘ilishda ko‘tarilgan mavzuga qaytadigan bo‘lsak, ta’lim tizimida ham klaster mavjud. Bu esa shaxsni kamol topishi va yetuk kadr bo‘lishiga qaratilgan bo‘lib, uning bog’liqligi – bog’cha, maktab, litsey, kollej, oliy o‘quv yurti, doktorantura, malaka oshirish kabi jarayonlarni qamrab oluvchi butun umr davomidagi ta’lim zanjirini bir-biriga bog‘langanidir. Yurtboshimiz hozirgi kunda milliy iqtisodiyotimizni “Klaster usuli” da rivojlantirish bo‘yicha qo‘ygan maqsad va rejasiga asoslangan holda, xuddi shu usul bilan oliy ta’lim muassasalari va boshqa o‘quv yurtlarida “Raqobatbardosh kadr tayyorlash klasteri” tashkil etish hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.  Tashkil etilgan uchrashuvda hamkorkorlikda ilmiy-texnik kengashlar tashkil etib, bunda institut professor-o‘qituvchilarining ham ishtirokini ta’minlash, ularni klaster korxonalarida 6 oylik amaliyot oshirish masalalarini tashkil etish, tajriba oshirish muhokama qilindi. Xulosa qilib aytganda, Vatanimizni dunyoning ilg’or davlatlari qatoridan joy olishining yo‘li — bu agrar sohada, ilm-fanda, ta’lim tizimida va boshqa sohalarda klaster tizimlarining joriy etilishi hisoblanadi. Shunday ekan, har inson, har bir korxona vakili, o‘z ishining mutaxassisi bo‘lmog’i uchun unga chin yurakdan mehr qo‘ymog’i lozimdir. 
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH