ULUG‘LARNI E’ZOZLASH – YUKSAK MA’NAVIYATDIR!

ULUG‘LARNI E’ZOZLASH – YUKSAK MA’NAVIYATDIR!

         Joriy yilning 9-oktyabr kuni Poytaxtimizning Adiblar xiyoboni majmuasida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti tomonidan O‘zbek adabiyotining zabardast vakili, go‘zal axloq sohibi, ulkan va nozik qalb egasi Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda institut prorektorlari, talaba-yoshlar, yozuvchilar uyushmasi a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi. Talabalar tomonidan Oybek ijodidan she’rlar aytildi, hayot yo‘llari esga olinib, asarlari sahna ko’rinishida namoyon bo‘ldi va yig‘ilganlar e’tiboriga havola etildi. 
       Oybek ijodini shartli ravishda uchga bo‘lamiz: She’rlar, tarixiy asarlar va  zamondoshlari haqidagi asarlar. Asarlarining hammasida Oybek inson tuyg‘ularini, dardini birinchi o‘ringa qo‘ydi. Aynan, mana shu sifat Oybek asarlarini kitobxon qalbiga kirib borishini ta’minladi. Inson haqidagi, san’atkor haqidagi fikr unga qanday masofadan turib yondashayotganimizga bog‘liq. Masofa qanchalik uzaysa, fikr shunchalik odilona, haqqoniy bo‘ladi.
       Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, hozirgi paytda institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilari tomonidan “Oybek muzeyi”ni tashkil qilish va unda dars jarayonini o‘tkazish, amaliy mashg‘ulotlar, ochiq darslar va seminarlarni tashkil qilishga alohida e’tibor berilmoqda. “Adiblar xiyoboni”, “Oybek uy-muzeyi” va institutdagi “Oybek muzeyi”ni tashkil etish hamda Oybekning hayoti va ijodini keng miqyosda o‘rganish uchun talabalarga kurs ishi, bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalari mavzularini berish yuzasidan institutda targ‘ibot ishlari jadal su’ratlarda olib borilmoqda. O‘ylaymizki, boshlagan ish Oybek domla xotirasiga atalgan munosib armug‘on bo‘lsa ajabmas. 
       Ijodga o‘ta tashna adib 1959-yili dilidagi orzu va armonini ifodalab, bunday yozgan edi:
Хastamen… Fikrga, tuyg‘uga to‘lib, 
Oy menga hamqadam – sokin yuramen.
Sog‘aysam bir kuni yozamen to‘yib,
Hislarga qalbimni qo‘shib yozamen…
Kechalar yururmen telbaday horib,
Boshimda oy borur – menga hamqadam.
Xayollar uchadi mash’alday yonib,
To‘yib yozajakmen bir kun sog‘aysam.
      Oybekning bu moviy orzusi ro‘yobga chiqmadi. Ammo u xasta holda ham, o‘limni dog‘da qoldirib, umrining so‘nggi nafasiga qadar ona xalqi, adabiyot uchun mardona mehnat qildi. 17 yil davom etgan xastalik davrida shu qadar samarali ijod qilganining o‘zi mislsiz jasoratdir, 20 jildlik adabiy merosi esa ko‘p asrlik o‘zbek adabiyotining eng yuksak cho‘qqilaridan birini zabt etib turibdi. Bu, Oybek cho‘qqisidir. Ushbu matonatli inson hatto umrining eng og‘ir, mashaqqatli kunlarida ham ijod qilishdan to‘xtamadi. Undagi g‘ayrat sog‘-salomat bo‘la turib xalqqa manfaati yetmaydigan kishilar uchun tanbeh sifatida namoyon bo‘ladi. Uning umr yo‘li, asarlari yosh avlod uchun ibrat maktabi bo‘lishiga ishonamiz.
OYBEK VA ZARIFA AYAGA BAG’ISHLANADI

Sen dunyoda yagona sen,
Senday ayol birdona sen,
Seni jondan sevar qalbim,
Senga telba oshiqdir men.
Begim deymi yo bor jahonim,
Sizni deya yasharman men.
Barchadan ko’p suyib sizni,
Ko’z qormaday asrarman men.
Ko’zimdagi nurimdirsan,
Tanamdagi g’animat jonim,
Tilga kirgan so’zimdirsan,
Meni tark etkanda zabonim.
Yaratgan egam har neni, 
Yaratgan o’z jufti bilan,
Yaratganga ming shukur,
Juft etti bizni siz bilan.
Unutmagin arshlarda ham,
Seni kutib yashayman. 
Xasta qalbim to’xtar Zarifam,
Endi seni Ruxingdaman. 
Oybegim xotir bo’ling, 
Siz doim yonimdasiz.
Qonimga singib ketgan,
Olib bo’lmas jonimdasiz.
Biz sevamiz qorlarda ham, 
Erib ketgan vaqtlarda ham,
Ko’z ochib ko’rganim siz,
Ko’z ochib ko’rganim sen!!!


Mehroj Rustamov,
TTYESI
Toqimachilik sanoati texnalogiyasi fakulteti
7a-17 guruh talabasi 


скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH