JISMONIY TARBIYA VA SPORT - SALOMATLIK GAROVI

JISMONIY TARBIYA VA SPORT - SALOMATLIK GAROVI

TTYeSI da joriy yilning 29 noyabr kuni "Pedagogika va jismoniy madaniyat" kafedrasining sport zalida  "Jismoniy tarbiya va sport - salomatlik garovi" shiori ostida fakultetlararo musobaqa o‘tkazildi. Ushbu musobaqa umumiy qoidalar va Olimpiya tizimi asosida tashkil qilindi. Unda institut talaba yoshlar o‘rtasida 57-spartakiadasidan o‘rin olgan voleybol sport turi bo‘yicha qiziqarli o‘yin bo‘lib o‘tdi. O‘yinni institut katta o‘qituvchisi X.A.Abdurazzoqov boshqarib bordi. Musobaqa natijalariga ko‘ra YeSTD fakulteti 1-o‘rinni, PST fakulteti 2-o‘rinni hamda TST va MT fakultetlari 3-o‘rinni egalladi. G‘oliblar institut rahbariyati tomonidan sovg‘alar va diplomlar bilan taqdirlandi.   
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

ҳ қ

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
YOPISH