XALQARO KONFERENSIYA

XALQARO KONFERENSIYA

    2020-yili 13-noyabr kuni Parij Xalqaro moda Akademiyasi hamda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti qo‘shma fakulteti professor o‘qituvchilari, talabalari hamda Academie Internationale De Coup De Paris (Fransiya) oliy ta’lim muassasi bilan birgalikda “ZOOM” platformasi orqali Xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Ushbu konferensiyani Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rektori Kamilova Xolida Hafizovna ochib berdi.

   Xalqaro konferensiyada Fransiya tomonidan Akademiya Prezidenti Jan-Filip Voukler, professor Mari Kler xonim, akademiya yetakchi o‘qituvchilari Marina Lesaj va Tatyana Izabel xonimlar ishtirok etdi. 

    Mazkur yig‘ilishda Parij Xalqaro moda Akademiyasi hamda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti qo‘shma fakultetining 1-kurs magistrlari va 1-kurs bakalavr talabalari bilan tanishuv, shu bilan bir qatorda esa 2-kurs bakalavr talabalari bilan suhbat bo‘lib o‘tdi. Akademiya Prezidenti Jan-Filip Voukler yig‘ilish ishtirokchilarini Academie Internationale De Coup De Paris (Fransiya) tarixi, istiqbollari, o‘qituvchilar tarkibi, o‘qitiladigan fanlar ro‘yxati, hamkorlik olib boriladigan moda uylari bilan tanishtirib o‘tdi. 

    Konferensiya yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qildilar, talabalar Akademiya Prezidenti Jan-Filip Voukler tomonidan savollarga to‘liq javob oldi.
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH