DAVLATIMIZ BAYROGʻI MANGU HILPIRAB TURSIN

DAVLATIMIZ BAYROGʻI MANGU HILPIRAB TURSIN

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Bayrog‘imiz – faxrimiz, g‘ururimiz” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi. 

Millatni birlashtiruvchi, yetaklovchi, uni ulkan maqsad sari olib boruvchi muhim omillar bu davlatimiz ramzlari hisoblanadi. O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin mamlakatning ushbu ramzlarini ishlab chiqishda xalqimizning qadim tarixidan shu kungacha bo‘lgan davri o‘rganildi. Jumladan, respublikamiz bayrog‘ini yaratishda ham ana shu jihatlar e’tiborga olingan. 

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti prorektorlari hamda professor-o‘qituvchilari e’tirof etganidek, 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasining timsoli hisoblanadi. 
Bayroqdagi to‘q moviy rang mangu osmon va obi hayot ramzi bo‘lib, bu — yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuhrat va sadoqatni bildiradi. Amir Temur davlati bayrog‘ining rangi ham moviy rangda edi.  

Oq rang – muqaddas tinchlik ramzi bo‘lib, poklik, beg‘uborlik, soflik, ichki go‘zallikka intilishning timsoli.  
Yashil rang – tabiatning yangilanish ramzi.  
Qizil chiziqlar esa tomirimizda jo‘shib oqayotgan ajdodlar qoni — hayotiy qudrat, barqarorlik va bardavomlik nishonasidir.  
Navqiron yarim oy tasviri bizning tarixiy an’analarimiz bilan bog‘liq bo‘lib, u qo‘lga kiritilgan mustaqilligimiz ramzi sanaladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘idagi 12 yulduz tasviri ham tarixiy an’analarimiz, qadimgi yilnomamizga bevosita aloqador. O‘n ikki yulduzga bo‘lgan e’tibor vatanimiz sarhadidagi qadimgi davlatlar ilmiy tafakkurida “Nujum ilmi” taraqqiy etganligi bilan izohlanadi. 
Rasmiy tadbirlar, xalqaro anjumanlar, nufuzli sport musobaqalarida dunyodagi ko‘plab mamlakatlar bayrog‘i orasida yurtimiz milliy-madaniy an’analari, qadriyatlari, davlatchiligimiz tarixini o‘zida mujassam etgan bayrog‘imizning o‘zgacha hilpirab, ezgulik, bag‘rikenglik, insoniylik, ulug‘vorlik nurlarini taratib turishi xalqimiz qalbiga faxr-iftixor tuyg‘ularini bag‘ishlaydi.
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH