O‘ZBEKISTON VA BUYUK BRITANIYA O‘RTASIDA HAMKORLIK MEMORANDUM IMZOLANDI

O‘ZBEKISTON VA BUYUK BRITANIYA O‘RTASIDA HAMKORLIK MEMORANDUM IMZOLANDI

2020-yilning 20-noyabr kuni Toshkent to‘qimachilik  va yengil sanoat instituti (O‘zbekiston) va UCLAN (Lankashir Markaziy Universiteti, Buyuk Britaniya) o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi. Pandemiya sharoitini inobatga olgan holda shartnomalarni imzolash marosimi Microsoft Teams  platformasida online tarzda bo‘lib o‘tdi. Memorandumni imzolash marosimi Buyuk Britaniya elchixonasi va O‘zbekistoning Londondagi elchixonasi ko‘magida tashkil etildi. Marosimda Buyuk Britaniyaning Janobi Elchisi janob Tim Torlot, Londondagi O‘zbekistonning Janobi Elchisi janob Said Rustamov, Britaniya Kengashi Ta’lim bo‘yicha mintaqaviy direktori Richard Everitt hamda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rektori Kamilova Xolida Hafizovna ishtirok etdi.

Katta samarali ishlarning natijalari TTYeSI va UCLAN o‘rtasida tuzilgan shartnomasi hisoblanadi. Amalga oshirilayotgan loyihalarning barqarorligini ta’minlash uchun ikki tashkilot o‘rtasidagi hamkorlikning muhim yo‘nalishlarini belgilab beruvchi ikki tomonlama memorandum imzolanishidir. Ushbu kelishuv memorandumi ta’lim, ilmiy, ijodiyva turli faoliyat sohalaridagi keng qirralar va imkoniyatlarni qamrab oladi. 
Oxirgi uch yil mobaynida O‘zbekistonda ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda yuksak ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi. Britaniya Kengashi dasturi keng ko‘lamli bo‘lib, O‘zbekiston ta’lim islohoti va salohiyatini rivojlantirish milliy rivojlanish dasturlariga mos keladi. Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi oliy ta’lim dasturi 2030-yilgacha bo‘lgan Oliy ta’limni rivojlantirish milliy konsepsiyasi va 709 ta tashkilot va 117 ming kishini bevosita o‘z ichiga olgan hamda 27 million kishini tashkil etuvchi O‘zbekiston va Buyuk Britaniyada faoliyat yuritadigan oliy ta’limni xalqarolashtirish bo‘yicha strategik maqsadlariga muvofiq ishlab chiqilgan. 

Dastur milliy oliy ta’lim islohotlarini  qo‘llab-quvvatlash uchun yetakchi oliy ta’lim muassasalari va sifatni ta’minlash agentliklari bilan strategik hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan. Barcha dastur Covid-19 ga javob berish choralarini  va mavzular sifatida yetakchilik, gender tengligi va raqamli tenglikni o‘z ichiga oladi.
Mamlakatning iqtisodiy rivojlanish ambitsiyalarini qondirish maqsadida Britaniya Kengashi universitetlar va ijodiy muassasalar bilan ikki tomonlama hamkorlikni rag‘batlantirish hamda mamlakatda ijodiy tadbirkorlik ta’limini rivojlantirish uchun Creative Spark dasturini boshladi.
Creative Spark - bu Britaniya Kengashining Buyuk Britaniyadagi universitetlar, ta’lim muassasalari va ijodiy iqtisodiyotni rivojlantirish uchun ijodiy tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish bilan shug‘ullanadigan mamlakatlar o‘rtasida xalqarohamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha besh yillik dasturidir. 2018-yildan beri loyihada 7 mamlakat ishtirok etmoqda: Markaziy Osiyo (Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston), Janubiy Kavkaz (Azerbayjon, Armaniston, Gruziya) va Ukraina. 

Creative Spark hamkorlik jamg‘armasi ushbu mamlakatlarda ijodiy sohalarni kuchaytirish orqali ishsizlikni kamaytirishga yordam beradigan, universitetlarda, shaharlarda va hamkorlik mamlakatlarda tadbirkorlik ta’limini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Bugungikungacha 6 ta muvaffaqiyatli hamkorlikaloqalari olib borilgan bo‘lib, ulardan: Goldsmiths/UCL (Goldsmit London universiteti), London South Bank University (South Bank London universiteti), Queen Margaret University (Edinburgdagi Queen Margaret universiteti), London Metropolitan University (Metrapoliten London universiteti),  University of Leicester (Lester Universiteti) va UCLAN (Lankashir Markaziy universiteti), shuningdek, Change School va People First agentliklari bilan hamkorlik aloqalari mavjud.

O‘zbekiston tomonidan hamkorlar - O‘zbekiston san’at va madaniyatni rivojlantirish jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi (AGU), Bonum Factum galereyasi va respublikaning oliy o‘quv yurtlari – Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti (TTYeSI), O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, Samarqand shahridagi Xalqaro Ipak yo‘li universiteti, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti (TDTU), Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti (MRDI) va  Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU).

Ushbu hamkorlik salohiyatni rivojlantirishning yangi usullarini va yangi milliy ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarini birgalikda ishlab chiqishni, shuningdek, ta’limning barcha bosqichlarida ijodiy tadbirkorlikni barqaror integratsiyalashuvini birgalikda ishlab chiqishga qaratilgan.
Raqamli innovatsiyalar va faollik dasturining barcha sohalarida, jumladan, asosiy manfaatdor tomonlar, talaba va  tadbirkorlarning ishtiroki bilan O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasida ijodiy tadbirkorlik ta’limi bo‘yicha doimiy siyosiy hamkorligi va  XXI asrning Big Idea Challenge xalqaro tanlovi va virtual ta’lim tarmoqlari orqali ingliz tilida ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan. Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Britaniyaning yetakchi hamkorlari bilan Britaniya Kengashining loyihalarida 10 yildan ortiq vaqt mobaynida faol ishtirok etib kelmoqda. 
UCLAN (Lankashir Markaziy universiteti) va Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti - Creative Sparkning yangi muvaffaqiyatli hamkorliklaridan biridir. 

2012-yildan buyon Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti  UCLAN (Buyuk Britaniyaning Lankashir Markaziy universiteti)bilan kostyum dizayni yo‘nalishi bo‘yicha talabalarni tayyorlash sohasida hamkorlik qilib kelmoqda.
2013-yilda UCLAN bir guruh talaba va o‘qituvchilari TTESI ga tashrif buyurishgan va amaliyot o‘tashgan. Barqaror hamkorlik Britaniya Kengashi granti loyihasiga aylandi. 
2019-yildan buyon Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Britaniya Kengashining Creative Spark loyihasida ishtirok etib keladi. 
Lankashir Markaziy Universiteti (UCLAN)   vaToshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti (TTYeSI) o‘rtasidagi hamkorlik – bu Buyuk Britaniya va O‘zbekistondagi  ikkita zamonaviy universitetlar o‘rtasida bilim almashish bo‘yicha hamkorlikdir. 
Hamkorlikning asosiy yo‘nalishi ikki davlatning davlat va xususiy sektorlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, to‘qimachilik va moda sohasida dizaynerlar uchun mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish, shuningdek, bitiruvchilarning muvaffaqiyatli ish bilan ta’minlash zarur bo‘lgan ijodiy va tadbirkorlik  ko‘nikmalarini rivojlantirishdir. 
Ushbu maqsadlarga quyidagilar orqali erishiladi:
Hamkor muassasada ta’lim tizimlarini amalga oshirish. 
Marketing/korporativ subyektlar almashinuviga imkon beradigan o‘quv dasturlari o‘rtasida franchayzing modelini moslashtirish. TTYeSI o‘qituvchilari va hamkorlar uchun malaka oshirish treniinglari, ijodiy tadbirkorlik kurslarini kiritish. 
• Enterprise Hub (tadbirkorlik markazini) rivojlantirish. 
Toshkent markazida birgalikda universitetlar va sanoat (ijodiy innovatsion zonalari) o‘rtasida hamkorlik modelini yaratish. Ushbu model korxonalarga ta’limni, ishbilarmonlik ko‘nikmalarini va tadbirkorlik qadriyatlarini yaxshilash hissasini qo‘shish imkonini beradi. Ishbilarmonlik va tijorat dunyosini chuqur anglagan holda sohaga tayyor bitiruvchilarni tayyorlash, ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalarni iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarga aylantirishdir.
• Yosh tadbirkorlar / talabalarning salohiyatini rivojlantirish. 
Talabalar va ijodiy tadbirkorlar uchun g‘oyani taqdim etishdan va biznesni boshlashdan boshlab, intellektual mulkni muhofaza qilish va  loyihani amalga oshirish uchun mablag‘ olish bilan yakunlangan tadbirkorlik qobiliyatlari bo‘yicha bir qator treninglar o‘tkazish.
“Big Idea Challenge (katta g‘oya)” xalqaro tanlovi doirasida O‘zbekistonlik talabalarga ustozlik qilish, ijodiy tadbirkorlikka yo‘naltirilgan turli xil onlayn-resurslardan, shu jumladan o‘quv platformalaridan, online kurslardan foydalangan holda ingliz tilini o‘rganishdir. 
Xalqaro ta’lim haftaligi ta’lim bo‘yicha Britaniya Kengashining faoliyati ta’limni xalqaro darajaga ko‘tarishga, Buyuk Britaniyaning tajribasi va boshqa mamlakatlarga innovatsion g‘oyalarini taqdim etishga va ta’lim bo‘yicha hamkorlar bilan hamkorlik qilishga qaratilgan. 
2020-yil 16-20 noyabr kunlari butun dunyo global ta’limni hamjihatlik va o‘zgarish vositasi sifatida foydalanib, global xabardorlikni oshirish tashabussi va  dunyoni birgalikda qayta ko‘rib chiqishga chaqiruvchi xalqaro ta’lim haftaligini nishonlamoqda. 
Ushbu tadbir ikki tomonlama hamkorlikda ta’lim sohasidagi aloqalarni mustahkamlash, bilim va g‘oyalar almashinuvini rag‘batlashtirish, innovatsiyalarni rivojlantirish va yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga qaratilgan yangi bosqichni boshlab beradi. 
O‘zbek-Britaniya  ta’limi haftaligi tashkilotchilari:
•  Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi,
•  O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
•  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «El-yurt umidi» jamg‘armasi. 
Tadbirning maqsadi – oliy ta’lim sohasidagi milliy va xalqaro tendensiyalar va imkoniyatlarni, shuningdek, uning zamonaviy jamiyat va iqtisodiyotda yuz berayotgan jarayonlar bilan uzviy bog‘liqligini muhokama qilish; Buyuk Britaniya universitetlarida o‘qish imkoniyatlari taqdimoti; ingliz tilini o‘qitish, ta’lim sohasidagi islohotlar va bilimlarni baholash sohasidagi Buyuk Britaniyaning ilg‘or tajribalari bilan tanishish, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlar bilan hamkorlikni mustahkamlashga yordam berishdir.
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH