KORRUPSIYA – MILLIY XAVFSIZLIKKA TAHDID

KORRUPSIYA – MILLIY XAVFSIZLIKKA TAHDID

   TTYeSI da joriy yilning 30-noyabr kuni “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar o‘rtasida “Korrupsiya-milliy xavfsizlikka tahdid” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirni institut yuristkonsulti U. Bozorov olib bordi.        
   O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-168 va 211-moddalarining tegishli bandlarining mazmun-mohiyatini va pora olish, berish yoki vositachilik qilish uchun jinoiy javobgarlikning muqarrarligi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining joylardagi bo‘limlari bilan hamkorlikda “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni doirasida oliy ta’lim muassasasi xodimlari orasida sodir etilayotgan jinoyatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha ta’sirchan profilaktik chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgani va uning ijrosini huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda amalga oshirishilayotgani haqida ma’lumot berdi.
   Shuningdek, bugungi kun yoshlarining qay darajada bilimli va vatanimiz kelajagi uchun o‘zining yaxshi xulqi, bilimi, o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lib yetishish lozimligini hamda har birimiz yurtimizning tinchligi uchun mas’ulmiz, deya ta’kidlab o‘tdi. Suhbat so‘ngida professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassis tomonidan javob oldilar. 
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

ҳ қ

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
YOPISH